Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Bo‘shagan metall ichimlik idishidan ziravorlar uchun buyum



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Bo‘shagan metall ichimlik idishidan ziravorlar uchun buyum 
tayyor lashning texnologik xaritasi
T/r
Ishning ketma-
ketligi
Ish eskizi 
Asbob va moslamalar 
O‘lchov 
Ish 
1
Ziravorlarga 
mo‘ljallangan buyum 
yasash uchun kerakli 
xomashyo va asbob, 
moslamalar tanlanadi
Chizg‘ich 
bir nechta metall 
idish, qaychi, 
qalam, fen, qog‘oz 
skoch, bolg‘a, 
gulqog‘oz, yelim, 
yelim idish
2
bo‘shagan metall 
idishini yaxshilab 
suvda chayib olamiz
Suv 
3
Idishning tepa 
qismidagi qirrali 
joylari bolg‘a 
yordamida bolg‘alab 
chiqiladi
bolg‘a 


87
4
bolg‘alangan 
joylari qo‘lni 
shikastlamasligi 
uchun uning ustidan 
qog‘oz skoch 
yelimlanadi
qog‘oz skoch
5
idishning ustki 
qismiga moslab 
chiroyli ko‘rinish dagi
gulqog‘oz tanlanadi,
idish o‘lchamiga 
moslab qirqib olinadi 
va yelim lanadi
Chizg‘ich 
Qaychi, yelim
6
idish o‘lchamiga 
moslab yelim idish 
qirqib olinadi
Chizg‘ich 
Yelim idish, qaychi 
7
qirqib olingan 
baklajka bo‘lagi 
tayyor holatga 
keltirilgan buyum 
ustidan kiydiriladi
8
yelim idish 
buyumning yuzasini 
butkul va tekis 
qoplashi uchun soch 
quritish moslamasi
ya

ni fen yordamida 
asta-sekinlik bilan 
eritilib boriladi
Fen 
9
buyum yuzasidagi 
ortiqcha nuqsonlar 
ko‘rib chiqiladi va 
bartaraf etiladi
Qaychi, mato 


88
Siz metallarga ishlov berish texnologiyasi bo‘limida metallni qirqish, bukish, arralash, 
pardozlash va ular asosida buyumlar yasash texnologiyasini o‘rganganingizdan so‘ng, 
sohaga oid yurtimizda tarkib topgan bir qator kasb-hunarlar haqida ham ma’lumotlarga 
ega bo‘lishingiz mumkin: 
• Qora va rangli metallarni erituvchi-quyuvchi.
• Qora metallar mahsulotlari nazoratchisi.
• Qo‘lda va mashinada qoliplash (shakl berish) qoliplovchisi.
• Qo‘lda va mashinada qoliplash sterjenchisi.
• Metall konstruksiyalarni yig‘ish bo‘yicha chilangar.
• Metallarga ishlov berish mexanigi.
• Tokar.
4-BOB. ELEKTROTEXNIKA ISHLARI
Bir va ko‘p lampali yoritqichlar hamda elektr armaturalar 
AMALIY MASHG‘ULOT.
 
 Elektr armaturalarni qismlarga ajratish 
va yig‘ish (lampochka patroni, shtepsel vilkasi, osma vikluchatel).
Bir lampali yoritqichni yig‘ish va montaj qilishdan oldin boshqa har 
xil yoritqichlarning tuzilishi va vazifalari bilan tanishish zarur. hozir-
gi payt da ta’lim muassasalarida, korxona hamda tashkilotlarda va uy-
ro‘zg‘or sharoitida bir necha xil ko‘rinishdagi yoritqichlardan foydalani-
ladi (73-rasm). 
73-rasm. 
Maishiy elektr yoritqichlar: a – qandil; b – stol lampasi;
d – devor lampa; e – polga qo‘yiladigan torsher.
a) b) d) e)
Kasb-hunarlarga oid ma’lumotlar


89
Sharoitga qarab, yoritqichlardan to‘g‘ri foy-
dala nish inson salomatligini muhofaza qilishda, 
xususan, ko‘rish qobiliyatini saqlashda katta aha
-
miyatga ega. 
Devor lampaning asosiga bitta yoki ikkita 
tutqich – kronshteyn o‘rnatilib, ularga yoritqichlar 
mahkamlanadi. bu yoritqich uydagi dam olish xo-
nasini yoritishga xizmat qiladi. polga qo‘yiladigan 
torsherning tuzilishi stol lampasining tuzilishiga 
o‘xshaydi. Ularning farqi shundaki, torsher ustun
-
cha (stoyka)si uzun (va bir nechta) bo‘ladi. lam-
palarning kaliti (uzib-ulagich)lari bevosita korpus
-
ga o‘rnatiladi. polga qo‘yiladigan torsherlar ham 
dam olish joylarini yoritishga xizmat qiladi va 
ularni yumshoq stol hamda stul, divan va hokazo
-
larning yonlariga qo‘yiladi. 
Qandil bir nechta lampalardan iborat bo‘ladi. 
U turarjoy binosini umumiy yoritishga xizmat 
qiladi. qandil shiftdagi mahalliy armaturaga ula-
nadi. maishiy yoritqich asboblari tashqi ko‘rinishi 
jihatidan farqlansa-da, ularning tuzilishi bir xil, 
chunki ular bir xil sxemaga asoslanadi. Qandil, de
-
vorbop lampa kabi umumiy yoritish asboblarining
farqi shuki, ularda tutashtiruvchi shnurli shtepsel 
rozetkasi bo‘lmaydi va ular to‘g‘ridan to‘g‘ri yori tish tarmog‘iga ulanadi. 
Uzib-ulagich devorga o‘rna tiladi. 
Stoykaning ichidan patronga ulangan sim o‘tkazilgan va unga shtepsel 
vilkasi o‘rnatilgan shnur ulanadi. Shnurning bitta simi patrondan kelgan 
o‘tkazgichga ulanadi va ikkinchi simi kalit orqali patronga ulanadi. 
Sodda stol lampasining tuzilishi 74-rasmda ko‘rsatilgan.
74 -rasm. 
Stol lampasi:
1 – qaytarg‘ich; 2 – spi
-
ral; 3 – lampa; 4 – pat-
ron; 5 – trubka; 6 – asos; 
7 – kalit (uzib-ulagich);
8 – shtepsel vilkasi;
9 – shnur va 10 – yorit- 
qichni mahkamlovchi 
gayka.


90

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin