Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik


Simlarga shakl berish, bukish va to‘g‘rilash ishlarini bajarish



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

Simlarga shakl berish, bukish va to‘g‘rilash ishlarini bajarish
72-rasm.
Simni bukish va undan 
turli xil shakllar hosil qilish.
71-rasm. 
Yupqa metall listlarni bukish usullari: a – tiskida; b – metall asosda.
a) b) 


80
Metallarga ishlov berishga oid xalq hunarmandchiligi turlari bo‘yicha 
ish usullari
Yurtimiz hududida qadimdan metallni qayta ishlash, ya’ni hunarmand
-
chilik qurollari ishlab chiqarish uchun sharoitlar mavjud bo‘lgan. misning 
tabiiy zaxiralari, kumush, qo‘rg‘oshin, aluminiy kabi materiallar juda ko‘p 
edi. Hunarmandlar qadimdan bir-biri bilan birikib, bir mahallada yashaganlar, 
shuning uchun mahallalarining nomi ko‘pchilik qaysi hunar bilan shug‘ullansa 
shu nom bilan yuritilgan. Yurtimizda bunday mahallalar ko‘p bo‘lgan. 
Farg‘ona vodiysi, Samarqand, Buxoro, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo
Surxondaryo qadimdan pichoqchilik markazlari bo‘lib, ular o‘zining ishlash 
texnologiyasi, shakli, katta-kichikligi va bezaklari bilan farq qilgan.
pichoqlarni badiiy bezash katta o‘rin tutgan. Shuning uchun ham Sharq 
madaniyatining eng yaxshi an’analarini qayta tiklash va o‘zlashtirish nati-
jasida yurtimiz pichoqsozlari milliy pichoqni san’at darajasiga ko‘targanlar. 
o‘zbek xalq amaliy bezak san’atining keng tarqalgan turlaridan biri 
kandakorlikdir. kandakorlik deganda metalldan yasalgan badiiy buyum-
larga o‘yib yoki bo‘rtiq qilib naqsh ishlash tushuniladi. o‘zbekiston hudu-
dida joylashgan shaharlarda metalldan yasalgan badiiy buyumlarni ishlab 
chiqarish qadimdan rivojlanib kelayotgan san’at bo‘lib, bu san’at o‘zining 
qadimiyligi bilan kulolchilikdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Savdo-sotiq-
da qadimda kandakorlik buyumlariga talab katta bo‘lgan. bu asarlar ramziy 
ifodalarning yangi uslublari hamda g‘oyalarini tarqatish manbayi bo‘lib xiz-
mat qilgan. mahalliy san’at asarlari qo‘shni mamlakatlar san’atining eng 
yaxshi yutuqlari bilan boyib borgan. qadimda buyum yasash urf bo‘lib 
qolgan. Mahalliy ustalar oltin, kumush, jez, mis va boshqa metallardan har 
xil buyumlar yasaganlar. Qadimgi va ilk o‘rta asr kandakorligi, asosan, hal
-
langan kumush buyumlarda o‘z ifodasini topdi.
Suv keltirish, suv saqlash va choy damlash uchun mis choynak, mis 
ko‘za, choydish, kashkil o‘zbek xalqi orasida eng ko‘p tarqalgan mis idish
-
lardan biridir. Choydishda suv tashiladi yoki choy qaynatiladi. Uning bo‘yi 
25–30 
sm
, qorni esa balandligiga yaqin kattalikda bo‘ladi. Ular har xil 
ko‘rinishga ega bo‘lib, tagida chambaragi bo‘ladi. Uning dastasi quyilib, 


81
idishning o‘rtasiga ikki mix bilan parchinlab mahkamlanadi. Choydishning 
qopqog‘i ko‘pincha shabaka, ya’ni panjarali o‘yma qilib ishlanib, dastasiga 
o‘rnatiladi. Dastalari yoy shaklida qayrilgan bo‘lib, pastki uchi tumorcha 
“madoxil” shaklida tugaydi. Ba’zi hollarda ilon boshiga o‘xshatib quyilib, 
ilonning og‘zi ochiq yoki yopiq holda tasvirlanadi. Qadimgi miskarlarning 
aytishicha, ilon boshining tasviri idishni jinlardan saqlaydi. Idishlar dasta
-
siga idishni ishlagan ustaning nomi, ayrim hollarda buyurtma berganning 
nomi yozib qo‘yilgan. Choydishlarning yumaloq, yapaloq qorinli “satranj” 
va ingichka bo‘g‘izli “isfaxon”lari bo‘lgan.
ko‘za – ariq yoki quduq suvlarini tashishda ishlatiladigan kattaroq idish. 
Ko‘za ikki xil: qorni yumaloq, bo‘g‘zi yuqoriga kichrayib ketuvchi hamda 
konussimon qorinli bo‘ladi. Suv olib kelish uchun mis Chelak – kashkil 
ham ishlatilgan. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin