76
qirqishda bolg‘a bilan urishning uch xil
usuli qo‘llaniladi. Ularni:
panja zarbi, tirsak
zarbi va yelka zarbi deb ataladi (66-rasm). pan-
ja zarbi faqat qo‘l
panjasining harakati bilan
amalga oshiriladi va bu usul juda yupqa qirin-
dilar chiqarishda, g‘adir-budurliklarni
hamda
ozgina bo‘rtiqlarni yo‘qo tishda qo‘llanadi.
tirsak zarbi qo‘lning tirsakdagi harakati bi-
lan (qo‘l barmoqlarini yozib va siqib, panjani,
bilakni, yuqoriga ko‘tarib va pastga tushirib)
bajariladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. m
etallni plitada qirqish usullarini tushuntiring va ko‘rsating.
2. Metallni plita ustida qirqishda yaroqsizlikning oldini olish tadbirlarini ayting.
3. truba kesish jarayonini tushuntirib bering.
4. Zubiloning kesuvchi qismlari geometriyasini tushuntiring.
5. bolg‘aning dastasini ushlash usullarini sanab bering.
6. bolg‘a bilan zarba berish usullarini ko‘rsating.
Mustaqil amaliy ish
Metallni plita ustida kesish haqida ma’lumot berish.
Jihozlar
Zubilo, bolg‘a va kesishda ishlatiladigan asboblar va zagotovkalar.
Ish bajarish tartibi:
1.
Metallarni plita ustida kesishga oid amaliy ishlar bajaring.
2. Zubiloning kesuvchi qismi geometriyasini o‘rganishga oid topshiriqlar bajaring.
3. metallarni kesishda bolg‘ani ushlash va zarba berishga oid
amaliy tajriba ishlarini
bajaring.
4.
Plita ustida qirqishga doir amaliy ishlarda eshik lo‘kidonining, deraza va eshik sur
-
malarining, kiyim ilgichning detallarini tayyorlang.
66-rasm.
bolg‘a bilan zarb
berish: a – panja zarbi;
b –
tirsak zarbi;
d – yelka zarbi.
a) b) d)