Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə49/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

III. Ish tamom bo‘lgandan keyin:
◊ 
Stanok elektr tarmog‘idan uziladi.
◊ 
Stanokdagi qirindilar ilmoq va cho‘tka bilan tozalab tashlanadi.
◊ Stanokning ishqalanuvchi yuzalari artib quritiladi va ularga yupqa 
qilib moy surtiladi.
◊ Asboblar, moslamalar tozalanadi va asboblar shkafiga qo‘yiladi.
◊ Qirindi va ishlatilib bo‘lgan lattalar maxsus yashikka solib qo‘yi ladi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Zagotovkani patronga o‘rnatish ketma-ketligini tushuntirib bering.
2. keskichni o‘rnatish ketma-ketligini tushuntirib bering. 
3. Tokarlik vint qirqish stanogining ishlash prinsipi va boshqarish jarayonini aytib 
bering. 
4. Stanoklarda ishlashdagi xavfsizlik qoidalarini tushuntiring. 
Mustaqil amaliy ish
tokarlik vint qirqish stanogini ishga tushirish jarayonini mashq qiling (albatta 
o‘qituvchi rahbarligida amalga oshiring).


70
Jihozlar
tokarlik vint qirqish stanogi.
3.4. MAHSULOT ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Texnika va konstruksiyalash elementlari. Buyumlarni tayyorlash:
loyihalash, o‘lchash, rejalash, biriktirish, pardozlash
mashina va mexanizmlarning bir bo‘lak ashyodan yasalgan qismlari 
detal lar deb ataladi. mashina va mexanizmlardagi detallar ikki guruhga bo‘-
linadi. Ko‘p mashinalarda qo‘llanadigan detallarni umumiy detallar, ayrim 
mashinalardagina qo‘llanadigan detallarni esa maxsus detallar deyiladi.
Umumiy detallar (vintlar, gaykalar, boltlar va hokazolar) mashinaning 
qismlarini biriktirish uchun, (vallar, tishli g‘ildiraklar, yulduzchalar, shkiv
-
lar va hokazolar) harakatni uzatish uchun xizmat qiladi.
Bolt 
– olti qirrali yoki kvadrat shakldagi boshchali o‘zak bo‘lib, uning 
bir qismi gaykani burab qo‘yish uchun rezbalangan bo‘ladi.
Shpilka
– ikki uchi rezbalangan o‘zak bo‘lib, uning bir uchi valning 
asosiga burab kiritiladi, ikkinchi uchi mustahkamlanadigan detalning te-
shigidan o‘tkaziladi va unga gaykani burab qo‘yiladi. ba’zi hollarda detallar 
ikki uchiga gayka buraladigan shpilka bilan mustahkamlanadi.
Gayka
– rezba ochilgan teshikli detallar va u rezbali biriktirishga xizmat 
qiladi.
Vint 
– rezbali va boshchali o‘zak ko‘rinishidagi mustahkamlovchi detal 
bo‘lib, uning rezbali qismi detallardan birining ichidagi rezbaga burab kiritiladi.
Val
– mashinaning detali bo‘lib, burovchi momentni o‘z o‘qi bo‘yicha 
ko‘chirish uchun, shuningdek, u bilan birga tanlanadigan detallarni tutib turish
uchun mo‘ljallangan o‘zi bilan birga yoki o‘z atrofida aylanadigan detallarni 
tutib turishi va burovchi momentni uzatmasligi bilan valdan farq lanadi.
Shkiv
– tasmali uzatmaning keng g‘ildirak ko‘rinishidagi detaldir.
Podshipnik 
– vallar, o‘qlar erkin aylanishini ta’minlaydigan tayanchning
qismidir. Ishlash prinsipiga ko‘ra sirpanish podshipniklari va dumalash pod
-
shipniklari bo‘ladi.


71

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin