Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun darslik



Yüklə 3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/154
tarix27.12.2023
ölçüsü3 Kb.
#199813
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154
Texnologiya umumiy о‘rta ta’lim maktablarining 6-sinfi uchun dar

56-rasm. 
ajraladigan rezbali birikmalar:
a – bolt bilan biriktirilgan detallar;
b – vint bilan biriktirilgan detallar;
d – shpilka bilan biriktirilgan detallar.
55-rasm
. ajralmas birikmalar:
a – parchinlangan; b – payvandlangan.
a) b)
a) b) d)
Tishli g‘ildirak tishli mexanizmning bo‘g‘inidir. U tishlarning yopiq siste
-
masiga ega bo‘ladi va detaldagi boshqa bo‘g‘inining (g‘ildirakning, rep kaning 
va hokazolarning) uzluksiz hara kat lanishini ta’minlaydi. Shakliga ko‘ra, silin dr-
simon va konussimon tishli g‘ildi raklarga bo‘li nadi.
Detallarni biriktirish
mashinalarni tashkil qiluvchi detallar har xil usullarda biriktiriladi. 
Ayrim detallar qo‘zg‘almas qilib biriktirilsa, ay rim detallarni bir-biridan 
ajratish va qaytadan birlashtirish mumkin. yana ayrim detallarni bir-biriga 
nisbatan suriladigan qilib biriktiriladi.
Ajralmaydigan birikmalar hosil qilishda kavsharlash, bir detalni ikkin-
chisining ustiga presslash, parchinlash va ko‘proq gaz yoki elektr payvand
-
lash usullari qo‘llanadi (55-rasm).
Odatda, ajraladigan birikmalar gaykali boltlar, shpilka yoki vintlar yor-
damida amalga oshiriladi (56-rasm).
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
1. Umumiy detallar deganda nimani tushunasiz?
2. ajralmaydigan birikmalarni hosil qilish usullarini aytib bering. 


72
Mustaqil amaliy ish
detallar va birikmalarni biriktirish usullarini mashq qilish. 
Jihozlar
detallar va birikmalar namunalari.
Rejalash, arralash, kesish, egovlash, zubilo bilan ishlash usullari
Dastaki arra tuzilishi va ishlash prinsipi, egov turlari va metallarni 
kesish 
mavzulari bilan Siz 5-sinfda qisman tanishgansiz. quyida Sizlar 
metall ga ishlov beruvchi asboblar va 
ulardan foydalanish tartib-qoidalari 
bilan tanishasizlar.
arra bilan metallni kesish quyi-
dagicha amalga oshirilishi kerak.
kesiladigan material ishlanayot-
gan paytda surilib yoki sakrab ket
-
masligi uchun uni tiskiga mahkam 
qistirib qo‘yiladi (57-rasm).
kesiladigan materialning qattiq-
ligi, o‘lchami va shakliga qarab tish-
la ri ning kattaligi bo‘yicha tegishli 
arra polotnosi tanlanadi.
ishlovchi o‘zining gavdasi va oyoq larining to‘g‘ri holatda turishiga 
e’ti bor beradi. bu ishni bajarishda ham metallarni qirqishdagi kabi holatda 
turiladi. ishlayotganda arrani ikki qo‘l bilan ushlanadi va kesilayotgan tekis-
likka parallel holatda tutib, sakrat
may hamda siltamay bir maromda yurgizi-
ladi. Har bir yurishda arra polotnosi uzunligining eng kamida 2/3 qism

ishlashi shart.
Arra polotnosining tishlari tez o‘tmas la shib qolmasligi uchun ishlovchi 
uni qar
shi tomon ga yurgizishda (ishni bajarishda) bosib, orqaga qaytarishda 
(salt yurishida) bo‘shatib turishi lozim. 

Yüklə 3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   154




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin