Texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligimuhammad al


Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy ilmiy merosining



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix10.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#95608
1   2   3   4
falsafa1

3.Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy ilmiy merosining 
ahamiyati
. XV asrning ikkinchi yarmida Xurosonda Alisher Navoiy atrofida toʻplangan 
alloma, shoir va donishmandlar orasida mashhur va qomusiy talant egalaridan biri Voiz 
Koshifiydir. Kamoliddan Husayn Voiz Koshifiy taxminan 1440 yillarda Xuroson viloyatidagi 
Sabzavor shahrining Bayhaq kentida tugʻilgan, uning ota-onasi, bolaligi haqida hozircha hech 
qanday aniq maʼlumot yoʻq. Bizningcha, u boshlangʻich maʼlumotni Sabzavorda olgan. U 
arab, fors, turkiy tili, matematika, 
astronomiya
, kimyo, musiqa, adabiyot, fiqhdan toʻliq 
maʼlumotga ega boʻlgan. Yoshligidanoq voizlik – soʻz sanʼati bilan shugʻullangan. Koshifiy 
Sabzavorda tez orada koʻzga koʻringan voiz – notiq boʻlib tanilgan. Keyinchalik Nishopurda 
1455–1468 yillarda esa Mashhadda yashab, voizlik qilgan. 1468 yilning oxirlarida 
Abdurahmon Jomiyning tavsiyasi bilan Husayn Voiz Koshifiy Hirotga keladi va qolgan um-
rini asosan Hirotda Temuriylar rahnamoligida oʻtkazadi. Maʼlumki, XV asrning ikkinchi 
yarmida Temuriylar, xususan Husayn Boyqaro davrida Hirot Sharqning madaniyat markazi 
edi. Tarixchi olim 
Sayyid Nafisiyning aytishicha
, Koshifiy umrining oxirida Hindistonga 
qilgan safari haqida ham deyarli maʼlumot yoʻq. Husayn Voiz Koshifiyning ikki kizi va bir 
oʻgʻli boʻlib, oʻgʻli Faxriddin Ali as-Safiy oʻz davrining katta shoiri, yozuvchisi va olimi 
(“Rashohoti ayn al-hayot” asari bilan mashhur) boʻlib yetishgan. Ali as-Safiyning islom 
tarixiga, paygʻambarlar hayotiga, adabiyotga, Xoʻja Ahrorga, axloqqa, kimyoga 


bagʻishlangan oʻndan ortiq ilmiy va badiiy asarlari bor. Husayn Voiz Koshifiy 1505 yilda 
Hirotda vafot etadi. 
Kamoliddin Husayn – allomaning ism sharifi, voiz (notiq) – laqabi, Koshifiy (kashf qilmoq, 
yaratmoq) – adabiy taxallusidir. Husayn Voiz Koshifiy asarlarini oʻz davrining ilmiy tili – 
fors tilida yozgan boʻlib, undan koʻpgina ilmiy, badiiy tarjima asarlari ham meros qolgan. U 
falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, kimyo, astronomiya, 
matematika, musiqa, voizlik, sheʼr sanʼati, din tarixi, fiqh, tibbiyot kabi fanlarga oid 200 dan 
ortiq asar yozganligi manbalardan maʼlum. Koshifiyning Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi 
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik va H. Sulaymonov nomidagi Qoʻlyozmalar 
institutlarida 45 nomdagi asarlarining 197 qoʻlyozma va 75 tosh bosma nusxalari 
saqlanmoqda. Bundan tashqari u oʻz davrining koʻzga koʻringan iloxiyotchi olimi boʻlib, 
hadisni, Qurʼoni karimni yoddan bilgan, hatto Qurʼonga toʻrt kitobdan iborat sharh ham 
yozgan. Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy”, “Risolai Hotamiya”, “Anvori Suxayliy”, 
“Futuvvatnomai Sultoniy”, “Tavsiri Husayniy”, “Javohirnoma” kabi oʻndan ortiq asari arab, 
tatar, eski oʻzbek, urdu, turk, nemis, ingliz, fransuz va boshqa tillarga tarjima qilingan. 
Hozirgi kunda Koshifiy asarlari Parij, London, Berlin, Sankt-Peterburg, Moskva kabi 
shaharlarda, Iroq, Turkiya, Eron, Afgʻoniston, Hindiston, Bangladesh va boshka sharq 
mamlakatlarining kutubxonalarida saqlanmoqda. Chet mamlakatlarda Koshifiy asarlariga 
qiziqish XVIII–XIX asrlardayoq kuchli boʻlib, Gʻarbiy Ovroʻponing X. G. Kin, M. Duayt, D. 
D. 
Donalson
, E. Braun, A. A. Arberri, E. S. Kennedi, E. Rozental, X. Masse, K. S. Lambton, 
R. Levi, A M. Shasteri kabi mashhur olimlari Markaziy Osiyo va Eronning XIV–XV 
asrlardagi madaniyati tarixini atroflicha oʻrganishga harakat qilganlar va Koshifiyning ijodi, 
merosiga yuqori baho berganlar. 
Koshifiy ijodini oʻz davrining yirik tarixchisi Xondamir “Xulosat ul-axbor” asarida: “Ul 
janob nujum ilmida ham zoʻr mahoratga ega edi, chunonchi uning taʼbirlari Qazo oʻqi singari 
bexatar boʻlardi. Uning balogʻatoyotlik hamda fasohatsifatlik kitoblari koʻp va behisob 
boʻlib, ularning koʻpi oliymaqom amir Alisherning atoqli nomi bilan ziynatlangan. Amir 
Alisherning inoyati va iltifoti ul janobning hol sahifasiga hamma vaqt tushib turardi…” deb 
taʼriflaydi. Alisher Navoiy “Majolis un-nafois” asarining toʻrtinchi majlisida: “Mavlono 
Husayn Voiz “Koshifiy” taxallus qilur, Savzavorliqdur. Yigirma yilgʻa yaqin borkim, 
shahrdadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe boʻlubtur. On fan boʻlgʻaykim, 
dahli boʻlmagʻay. Xususan vaʼz, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida muttayyin 
va mashhur ishlari bor…” deb yuksak baholagan. 
Husayn Voiz Koshifiy Hirot madrasalarida talabalarga taʼlim-tarbiya bergan, Xuroson 
shaharlarida axloq-odobdan vaʼz aytgan. Koshifiy oʻz asarlarida ijtimoiy-axloqiy hayot, 
maʼnaviyat masalalariga katta oʻrin ajratadi, siyosat, 
davlatni boshqarish
, shoh bilan fuqarolar 
oʻrtasidagi munosabat, jamoani idora etish, yetuk insonni tarbiyalash muammolari uning 
ijodida katta oʻrin egallaydi. Ularda insonparvarlik, xalqparvarlik, yuqori maʼnaviyatga ega 
boʻlish, madaniy yuksalish gʻoyalarini ilgari suradi. Uning “Axloqi Muhsiniy”, “Risolai 
Hotamiya”, “Anvori Sixayliy”, “Axloqi Karim”, “Javohirnoma”, “Lubbo ul-maʼnaviy fi-
intixobi masnaʼviy”, “Iskandar oynasi”, “Tafsiri Husayniy”, “Futuv-vatnomai Sultoniy” kabi 
asarlari shular jumlasidandir. Bu asarlardan Xuroson mamlakatida, Hirotda va boshqa 
shaharlardagi madrasalarda talabalar uchun darslik sifatida foydalanilgan. Mutafakkir bu 
asarlarida oʻzining hayotdan olgan soboqlari, tajribalari asosida xalqchillik, 
insonparvarlik, 
ijtimoiy hayot
, adolat, halollik, sofdillik, poklik, toʻgʻrilik, rostgoʻylik 
haqidagi fikrlarini oʻqimishli, qiziqarli hikoyatlar, rivoyatlar yordamida bayon etadi. Bu 


asarlar Koshifiy tili bilan aytganda “Hikmati amaliy” asosida yozilganligidan bugungi kunda 
ham juda katta tarbiyaviy ahamiyatga egadir. 
Husayn Voiz Koshifiy insonni dunyodagi eng yuksak olijanob mavjudot deb biladi. U salbiy 
axloqiy xislatlarni qoralaydi va ularning inson hayotida va jamiyat uchun katta zarar olib 
kelishini qator hikoyat va rivoyatlar bilan koʻrsatadi. 
Husayn Voiz Koshifiy yaxshilik va yomonlik, adolat, vijdon, burch tushunchalari haqida ham 
atroflicha fikr yuritadi. Axloq normasi insonlarning xulq, feʼl atvorlarini tartibga solib 
turuvchi axloqiy talablardir. Koshifiy ijobiy xislatlarni kishilarda boʻlishi shart boʻlgan 
insoniy fazilat deb tushunadi va sabr, hayo, iffat, pokizalik, sobitqadamlik, 
saxiylik
, saxovat, 
rostgoʻylik, shijoat, kamtarlik, hushyorlik, baland himmatlik, diyonatlilik, ahdiga vafolik, 
andishalilik, izzat-hurmatni bilish, sir yashira olish kabi fazilatlarni birma-bir taʼriflab oʻtadi. 
Koshifiy axlokdi inson deganda, ilm-maʼrifatga 
intiluvchi
, haqiqat va adolatni sevuvchi
adolatsizlikka qarshi kurashuvchi, mard, harakatchan, olijanob, saxiy, ochiq qalb insonni 
tushungan. 
Axloq masalalarini yoritishda Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” (Husayn Boyqaroning oʻgʻli 
– Abdulmuhsin Mirzoga bagʻishlangan) asari eng mashhur va muhim ahamiyat kasb etadi. 
Koshifiy oʻz asarlarida siyosat, davlatni boshqarish masalalari boʻyicha ham oʻz davri uchun 
muhim fikrlarni olgʻa suradi. U davlatni odilona boshqarishda siyosatdan foydalanish 
kerakligini alohida taʼkidlaydi: 
Jahonda pok suv ichmakka boʻlmas hech kim qodir, 
Agar shohlar siyosat tigʻin eliga qilmasa zohir, 
– deydi. 
Siyosat mamlakatni boshqarish uchun zarur, 
u shaxsiy ish emas
, balki ijtimoiy ishdir. Siyosat 
adolatli boʻlsa, mamlakat, jamiyat rivoj topadi, xalqi farovon yashaydi. Siyosatni odil 
podshohlar adolat bilan boshqarishlari kerak: 
Mamlakat tobqoy siyosatdin nizom, 
Gar siyosat boʻlmasa yetgay xalal, 
Topmagʻay olam ishi aslo tuzut. 
Besiyosat hech vaqtu hech mahal. 


Yoki: 
“… Adl (adolat – R. M. ) siyosatsiz mavjud boʻlmas. Siyosat yoʻq boʻlsa, sardorlik zaif. Na 
uchunkim mulku-millat ziynati, dinu davlati musallahi siyosatdur”, deb mamlakat 
taraqqiyotini, adolat qaror topishini ham Koshifiy siyosatga bogʻlaydi. 
Demak, Husayn Voiz Koshifiy shoir, yozuvchi, 
olimgina emas
, balki dono siyosatchi ham 
boʻlgan. Uning jamiyat, davlat, tinchlik, ixtiloflarni osoyishtalik bilan hal etish zarurligi 
toʻgʻrisidagi fikrlari hozir ham oʻz ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Voiz Koshifiy Alisher Navoiyning maʼnaviy davrasida boʻlgan XV asr Xuroson va 
Movarounnahr madaniyatining rivojiga katta hissa qoʻshgan hamda oʻz asarlari bilan soʻnggi 
avlodlarga katta taʼsir koʻrsatgan mashhur allomalardan boʻlib tarihda qoldi. U qomusiy ijodi 
bilan oʻz davri maʼnaviy yuksalishi yoʻlida faol xizmat qildi va nafaqat Markaziy Osiyo, 
balki butun Sharq umuminsoniy, madaniy boyliklarini kuchaytirishga sezilarli taʼsir 
koʻrsatdi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin