O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALAR VA
KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGIMUHAMMAD AL-
XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI QARSHI
FILIALI
“KOMPYUTER INJINERINGI” FAKULTETI
1-BOSQICH TT-11-22 (s) GURUH TALABASINING
‘‘Falsafa” fanidan
1-MUSTAQIL ISHI
Bajardi:
Shomurodov Shahboz
Reja
1.Mahmud Koshg’ariyning <> asarining tarbiyaviy ahamiyati
2.Dunyoviylik- dahriylik emas
3.Komil inson tarbiyasida Husayn Voiz Koshifiy ilmiy merosining ahamiyati
4.Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari
Bajarish
1.Mahmud Koshg’ariyning <> asarining tarbiyaviy
ahamiyati.
Mahmud Qoshg‘ariy - XI asrning o‘rta osiyolik filolog-olimi. 1072-1074 yillar
arab tilida “Turk tili lahjalari”ni tuzgan. Mahmud Qoshg‘ariyning arab filologiyasi ilmiy
uslublarini qo‘llab yozgan asari tilshunoslar, folklorchilar va adabiyotshunoslar uchun qadr-
qimmatga ega. Bu - erta davr turk shevashunosligining yagona yodgorligidir.
Mahmud ibn al-Husayn ibn Muhammad al Qoshg‘ariy Qoraxoniylar sulolasi hukmronligi
davrida tug‘ilgan va qoraxoniy a’yonlarining oliy tabaqasidan kelib chiqqan. Uning otasi
Bolasog‘un shahrini boshqargan. Oliy tabaqadan kelib chiqishi olimga o‘z davrining yirik
siyosiy va madaniy markazi bo‘lmish Qashqarda ajoyib ta’lim olish imkonini berdi.
Bir qator turkiy tillar bilan birga, Mahmud Qoshg‘ariy arab va fors tillarini ham bilgan.
Ehtimol, ta’limni Buxoro, Nishopur, Samarqand, Marv, Bog‘dodda davom ettirgan, u
yerlarda olim uzoq vaqt yashagan, kitobi uchun zaruriy ma’lumotlar to‘plagan. U vaqtlar
saljuqlarga tegishli Bog‘dodda bo‘lgan vaqti Qoshg‘ariyda kitobning g‘oyasi paydo bo‘ladi,
unga ko‘ra, turkiy xalqlar hayotining ko‘p qirralari, fikrlashi, odatlari, jo‘g‘rofiy joylanishi va
eng avvalo, tili ta’riflanishi joiz bo‘lgan.
Mahmud al Qoshg‘ariyning mashhur kitobi “Devoni lug‘at at-turk” turkiy ensiklopediya
ko‘rinishidadir. Unda umumiy tarixiy-madaniy, etnografik va tilshunoslik ma’lumotlari
to‘plangan va jamlangan. Al Qoshg‘ariyning “Devoni” - turkiy madaniyat yodgorligi bo‘lib,
o‘zida axloqiy qadriyatlar va tarbiya tartiblarini, avvalgi ajdodlardan barcha merosni
o‘zlashtirgan XI asrdagi turkiy xalqlarning o‘ziga xos dunyoqarashini jamlagan. Kitobda
qadimiy zoroastr-shomoniylik dunyoqarashlari bilan birga, yangi mafkura - islom va so‘fiylik
kabi tarmoqlari tasvirlangan.
Dostları ilə paylaş: |