dunyoviy davlat paytida rivojlanib kelgan mamlakat mana hozir ham tanazzuldan chiqa
olmayapti. Yoki uzoqqa bormaylik 1996-2001 yillardagi Tolibon boshqargan Afg‘oniston
“Islom amirligi”dagi ahvol ham shu fikrga yaqqol isbot bo‘lishi mumkin. To‘g‘ri, Saudiya
Arabistoni qirolligi yoki Birlashgan Arab Amirliklar kabi shariat asosida boshqariladigan
davlatlar bor. Lekin ular monoetnik va monodiniy mamlakatlar, ya’ni aholisining barchasi bir
millatga mansub va bir dinga e’tiqod qiladi. Qolaversa, bu mamlakatlarning rivojlanishining
asosiy sabablaridan biri tabiiy resurslari bilan bir qatorda hozirda aynan G‘arbning rivojlangan
dunyoviy davlatlari bilan hamkorlikda zamonaviy ilm-fanga katta e’tibor qaratilayotgani va
ular barcha sohalarga aynan chet ellik dunyoviy ilmlarni egallagan kuchli mutaxassislarni jalb
etganida.
O‘zbekiston qadimdan turli millat va elat hamda konfessiya vakillari o‘zaro tinch-totuv yashab,
o‘z diniy ibodat va rasm-rusumlarini emin-erkin bajarib kelgan bag‘rikeng diyor sifatida
qadrlanib kelgan. Hozirgi kunda ham yurtimizda o‘zaro do‘stlik muhitini yaratish, diniy
konfessiya vakillari o‘rtasida bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish masalasiga alohida
e’tibor qaratilmoqda.
Yurtimizda
16 ta konfessiya va 130 dan ortiq millat va elatlar mana necha
yillardan beri bir osmon ostida ahil yashab kelishmoqda.
Aynan millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik bugun kunning eng buyuk ne’mati tinchlik
va xotirjamlikning asosiy omillaridir. Xalqimizda dono maqol bor: «Bir kun janjal chiqqan
uydan, qirq kun baraka qochadi.» Mamlakat miqyosida-chi? Ayrim mamlakatlardagi etnik va
diniy nizolarning oqibatini eshitib, internet va telekanallar orqali xabardor bo‘lib turibmiz.
Aholisi ko‘p millatli, turli dinlarga e’tiqod qiluvchi va diniy qarashlari turlicha bo‘lgan
jamiyatda turli din vakillarining tinch-totuv va o‘zaro hurmat asosidagi hayotini faqat davlat
ta’minlashi mumkin.
Buning uchun diniy g‘oyalardan davlatga qarshi targ‘ibot olib borishda, diniy asosdagi nizo,
nafrat va adovat uyg‘otish, fuqaroviy totuvlikni buzishda foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
kerak.
Dostları ilə paylaş: