Texnologiyalar va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligimuhammad al


Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari



Yüklə 0,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/4
tarix10.04.2023
ölçüsü0,61 Mb.
#95608
1   2   3   4
falsafa1

4.Globallashuv va sekulyarizatsiya jarayonlari.
“Globalizatsiya” — “gloub” 
(inglizchadan “globe”, ya’ni yer shari), “global” (“global”, ya’ni butun dunyoga tegishli) 
va “globallashuv” (“globalize”, ya’ni butun dunyoga tarqalishi) so‘zlaridan kelib 
chiqqan. “Collins english” lug‘atida (1998) globallashuv moliyaviy va sarmoya kirituvchi 
bozorlarga davlatlar va millatlarning o‘zaro bog‘lanmaganliklaridan foydalangan holda 
rivojlangan va tartibga solingan aloqalar orqali boshqarish imkoniyatini beradi, deb 
ta’kidlanadi. O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti doktoranti A.Nurmatovning 
2006 yilda “Hurriyat” gazetasida chop etilgan “Internet globallashuvi” nomli 
maqolasida yozilishicha, “globallashuv jarayonini olimlar “internatsionallashtirish 
yoki baynalminallashtirish”, “liberallashtirish yoki erkinlashtirish”, “universallashtirish” 
hamda “g‘arblashtirish”, deb talqin qilishadi. 
“Internatsionallashtirish” — mamlakatlararo munosabatlar, xalqaro savdoning o‘sishi, 
demokratiya va inson huquqlari kabi g‘oyalarni o‘zaro almashinishidir. 
“Liberallashtirish” — mamlakatlararo ochiq savdoni chegaralashning man etilishi va 
jahon iqtisodiyotini erkinlashtirish. 
“Universallashtirish” — bu turfa qarash va tajribalarning yer yuzidagi barcha insonlar 
orasida tarqalishi. Iqtisodiy va madaniy aloqalarning o‘sishi milliy madaniyat va 
qadriyatlarning uyg‘unlashuviga olib keladi. 
Boshqacha aytganda
, madaniyatlarning 
qo‘shilib ketishi natijasida o‘zgacha madaniyat yuzaga keladi”. 
Bugungi kunga kelib esa globallashuv antropogen ta’sir natijasida keng quloch yozib 
keldi. Uning to‘xtovsiz harakatlanishi uchun quvvat manbai – inson tafakkuri 
hisoblanadi. Shuning uchun ham uni antropogen hodisasining hosilasi deb izohlash 
mumkin, ya’ni inson omili bu jarayonda asosiy rol o‘ynaydi. Hozirgi kunda 
globallashuvning ijobiy va salbiy tomonlari mavjud deya fikr yuritiladi. Aslida esa 
globallashuv alohida hayot tarzi emas, balki bugungi davrning umumiy manzarasidir. 
Uning 
ichida yaxshi voqealar ham
, yomon voqealar ham ro‘y beradi. Bunyodkor va 
vayronkor g‘oyalar ham globallashuvning botinida mavj uradi, undan tashqarida emas. 


Lekin bu hodisalarning sababchilari insonlardir va agar odamzod bo‘lmaganida edi, 
hech qanday sivilizatsiya ham, 
urushlar ham
, globallashuv ham bo‘lmas edi. Hammasi 
– INSON atrofida ro‘y bermoqda. 
Globallashuvni to‘xtatib bo‘ladimi, degan savol tug‘ilishi mumkin. Javob esa 
quyidagicha: yo‘q. Bu mumkin emas. Uning yo‘lini to‘sish uchun salkam ikki asr 
muqaddam chora ko‘rish lozim edi. Ammo bunday voqea sodir bo‘lganda hozirgi 
taraqqiyot, 
zamonaviy 
qulay 
yashash 
sharoitlari, 
turfa 
xil avtomobillaru transport 
vositalari
, Internet va telefon, televizor
smartfonlar

Android mobilniklar, ro‘zg‘orda foydalaniladigan texnika buyumlari ham yaratilmas edi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, globallashuvga qandaydir (ijobiy yoki salbiy) oqibatlarni 
keltirib chiqaradigan hodisalar oqimi, 
xususiy jarayon deb qarash
, mening fikrimcha, 
eskirgan nazariyadir. Chunki,ezgu ta’limotlar va buzg‘unchi fikrlar birvarakayiga 
globallashuv “qozonida qaynamoqda”. Endi, bu “qozon”dan kim nimani istasa, shuni 
“suzib oladi”, xolos. Ya’ni, har bir kishi o‘z dunyoqarashi va tafakkur darajasiga qarab 
o‘ziga tegishli deb bilgan narsani oladi. 
Biroq globallashuv ichidagi oqimlarni boshqa-boshqa taraflarga burib yuborish mumkin 
va buni faqat insonlar o‘z aqlu farosatlari va fikrlash doirasiga ko‘ra bajara oladi. 
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta’biri 
bilan aytganda
, O‘zbekiston erishayotgan, 
dunyo tan olayotgan ulkan natijalarning negizida turgan asosiy omil – insondir. Zero, 
tarixni dohiylar emas
balki ongli va bunyodkor shaxs
, xalq yaratadi.
Xulosa shuki, globallashuv qaysi mamlakat yo mintaqada qay darajada yuz berayotgan 
bo‘lsa ham uning bosh omili kishilik jamiyati bo‘lib qolaveradi. Yuksak ma’naviyat 
yengilmas kuchga aylangan jamiyatda globalizatsiya faqat ijobiy natijalarni yuzaga 
keltiradi, 
ma’naviy 
tahdidlar 
o‘z 
vaqtida 
bartaraf 
etiladi. 

Yüklə 0,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin