Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Nafas yo‘llari o‘tkaza olmasligining sabablari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Nafas yo‘llari o‘tkaza olmasligining sabablari 
Nafas yo‘llarining o‘tkaza olmasligi tilning ichga botishi yoki jarohat yoxud 
allergiyaning og‘ir xili natijasida og‘iz bo‘shlig‘i va tomoq to‘qimalarining shishib 
qolishi oqibatida yuz beradi. Hushsiz holatdagi kishilarda bunga sabab ko‘pincha 
til bo‘lib, u tomoqning ichiga kirib qoladi va o‘pkaga havo o‘tishini to‘sib qo‘yadi. 
Nafas yo‘llarining o‘tkaza olmay qolishiga sabab ularga yot jismlar
masalan, ovqat, kichik o‘yinchoqlar yoki qusiq, shilimshiq, qon yoki so‘lak kabi 
suyuq moddalarning kirib qolishidir. Bu holat bo‘g‘ilish deyiladi. Yot jismlar nafas 
yo‘llarining tomoqdan tortib o‘pkagacha bo‘lgan istalgan joyida tiqilib qolishi 
mumkin. 
Bo‘g‘ilishning eng tarqalgan sabablari quyidagilardan iborat: 
• ovqatning katta bo‘lakchasini yaxshilab chaynamasdan yutib yuborishga urinish, 


161 
• ovqatgacha yoki ovqatlanish vaqtida spirtli ichimliklarni juda ko‘p iste'mol qilish. 
Alkogol qusish refleksini bo‘shashtiradi va ovqat tiqilishi ehtimolini oshiradi, 
• tish protezlari ovqat yutish oldidan yaxshi chaynalganligini sezishga xalaqit 
beradi, 
• ovqatlanish vaqtida qizg‘in gaplashish va kulish yoki shoshilib ovqat yeyish, 
• og‘izda ovqat yoki yot jismlar borligida yugurish, o‘ynash yoki chopish. 
Bo‘g‘ilishning oldini olish 
Tili ichga botishi natijasida xushsiz bo‘lgan jabrlanuvchining bo‘g‘ilishini 
uni tiklanish holatida yotqizish yo‘li bilan bartaraf qilish mumkin. 
Ovqatlanish vaqtida ehtiyotkorlikka rioya qilinsa, bo‘g‘ilishning oldini olish 
mumkin.
• yutish oldidan ovqatni yaxshilab chaynash, uni shoshmasdan yeyish, hech nima 
bezovta qilmayotgan vaqtda ovqatlanish, ovqat og‘izda turganda gapirmaslikka va 
kulmaslikka harakat qilish, 
• og‘izda ovqat borligida yurmaslik va boshqa jismoniy ishlar bilan mashg‘ul 
bo‘lmaslik, 
yot jismlarni, masalan, ruchka qopqog‘i yoki mixni og‘izga solmaslik.
Go‘daklar va bolalar xavfli guruhga kiradi. Shuning uchun ota-onalar va 
qarovchilar quyidagi tavsiyalarga rioya qilishlari kerak: 
• bolalarni baland stul yoki xavfsiz o‘rindiqqa o‘tq’azib, keyin ovqatlantirish, yosh 
bolalarga qo‘lida yoki og‘zida ovqat borligida yurishga ruxsat bermaslik
• go‘daklar va bolalarni yumshoq ovqatlar bilan kam miqdorlarda ovqatlantirish. U 
ovqatlanayotganda doimo kuzatib turish, 
• bolaning yonida u og‘ziga solishi mumkin bo‘lgan mayda buyumlar yoki 
o‘yinchoqlar bo‘lmasligini tekshirish, 
• havo sharlariga tegishga yo‘l qo‘ymaslik, chunki agar shar yorilsa, bola o‘zi 
bilmagan holda sharning mayda bo‘lakchalarini yutib yuborishi mumkin. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin