Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 – rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va sun’iy nafas berish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

13.12 – rasm. Yurakni uqalash (massaj qilish) va sun’iy nafas berish. 


102 
Agar jabrlanuvchida hayot belgisi sezilmasa (pulsi yo‘q bo‘lsa, yurak 
urmayotgan bo‘lsa, talvasali noritmik nafas urishi), u holda jonlantirish
(tiklash) ishlariga kirishish zarur. 
a) birinchi navbatda barcha organlarni kislorod bilan ta’minlashning
bosh manbai sifatida nafasni me’yorlashtirish. 
b) inson organizmining hamma to‘qimalariga kislorod etkazib beradigan
qon aylanishini normalashtirish zarur. 
Nafasni sun’iy nafas yordamida tiklaydilar. 
Sun’iy nafas uslublari: 
Qo‘lbola (Silvestr Shefer uslublari va hokazo) 
1. Og‘izdan og‘izga (keng tarqalgan) 
2. Og‘izdan buringa (keng tarqalgan) 
3. Apparat va qo‘l yordamida. 
Bizni o‘rab turgan havoda 21% ga yaqin kislorod bor, o‘pkadan
chiqaradiganimiz 16 foizga teng. O‘pkaga puflaganda qo‘lbola uslublardagiga 
nisbatan ko‘p, 1-1.5l havo tushadi. O‘pkaga daqiqasiga 10-12 martadan kam 
emas, o‘z nafasi chastotasi bilan birga puflash lozim. 
Agar jabrlanuvchi mustaqil tarzda nafas olsa, u holda puflash
jabrlanuvchining o‘zini nafas olishiga moslash zarur. Ilk bor mustaqil nafas
olishda sun’iy nafasni to‘xtatish mumkin emas, zero, noritmik sust mustaqil
nafas olishlar o‘pkada etarli gaz ayriboshlashni ta’minlab berolmaydi.
Yurak faoliyatini tiklash uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda yurakni
uqalash (massaj qilish) jarayonini o‘tkazadilar. 
Avvalo jabrlanuvchining chap tomoniga joylashadilar. 
Kaftning asosini ko‘krakning quyi -qismiga qo‘yib, boshqa qo‘l kaftini
birinchisining yuqori qismiga qo‘yadilar. 
Ko‘krakni shunday kuch bilan bosilsinki, shunday u umurtqa tomon 3-6 
sm ga joylashib borsin. 1 daqiqada 60-70 ta ezish, bosish zarur. 
Yurak faoliyati tiklanishi xususiyatlari jabrlanuvchining pulsi (tomir
urishi) paydo bo‘lishi, terining pushti-qizil rangga kirishi, ko‘z 
qorachig‘larining kichkinalashuvidan iborat. 
Ko‘pincha yurakni to‘g‘ridan to‘g‘ri bo‘lmagan holda uqalash sun’iy 
nafas berish bilan muvofiq holda qilinadi. Agar 2 kishi yordam ko‘rsatayotgan 
bo‘lsa, u holda biri yurakni uqalasa, boshqasi sun’iy nafas beradi: 3-4 yurak
ezish va 1 ta nafas puflash. Agar yordamni 1 kishigina ko‘rsatayotgan bo‘lsa,
u holda davriylik almashib turadi: 3-4 nafas puflash, so‘ngra 15 marta yurak 
ezish; 2 puflash-15 bosish va hokazo.
Jonlanish belgilari paydo bo‘lgandan so‘ng sun’iy nafas berish va
tashqaridan yurakni uqalash havo puflashni jabrlanuvchinng nafas olishni
boshlashiga muvofiqlashtirgan holda 5-10 daqiqa davom ettirish zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin