Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2.
 
O‘zbekistonda yuz bergan zilzilalar. 
3.
 
Yer qimirlaganda aholini himoya qilish chora-tadbirlar. 
 


131 
Insoniyat taraqqiyoti davomida tabiiy ofatlar aholiga muntazam xavf solib 
kelgan. Qayerdadir bu xavf ko‘p bo‘lsa, boshqa yerda bir oz kamroq bo‘lgan. 
Lekin sayyoramizda mutlaq xavfsiz bo‘lgan xududning o‘zi yo‘q. Tabiiy ofatlar 
juda katta zarar keltiradi. Bu zarar miqyosi ko‘p jixatdan jamiyatning rivojlanish 
darajasi va aholining tabiiy ofatlarga tayyorgarlik darajasi bilan xam bog‘liq. 
Zilzila 

eng falokatli tabiiy ofat xisoblanadi
. Vaqt tanlamaydigan bu ofat bir 
necha soniya ichida minglab insonlarning qurbon bo‘lishi va katta iqtisodiy zararga 
olib keladi. Dunyodagi eng yirik ilmiy markazlarda zilzilalar sababi xar tomonlama 
o‘rganilmoqda. Lekin xanuzgacha uning aniq vaqti va kuchini oldindan 
bashoratlay olmaydilar.
Zilzilalar sodir bo‘lishining sabablarini zamonaviy fan aniq izoxlab bera 
olmaydi. Bugungi kunda yer osti silkinishlari sabablarini tushuntirib byeradigan 
bir nechta nazariyalar mavjud
.
Birinchi nazariyaga ko‘ra 
yer osti kuchli bosim va issiqlik ta’sirida doimo 
murakkab kimyoviy xamda fizikaviy jarayonlar (bir jinslardan boshqalarining xosil 
bo‘lishi yoki jinslarning bir xolatdan ikkinchisiga o‘tishi) uzluksiz ravishda sodir 
bo‘lib turadi. Buning natijasida yer qa’rida katta miqdordagi issiqlik energiyasi 
ajralib chiqadi va u biror nuqtada ma’lum miqdorgacha ko‘p yillar mobaynida 
yig‘iladi. So‘ngra mazkur energiyaning asosiy qismi yerni ustki qismlarini 
xarakatga keltiruvchi tebranishlar, ya’ni zilzilalar ko‘rinishida qisqa vaqtda 
sarflanadi. Bu nazariya doirasiga Markaziy Osiyo xududida davom etayotgan tog‘ 
xosil qiluvchi tektonik jarayonlar oqibatida zilzilalar yuz berishi mumkinligi 
xaqidagi farazlar ham kiradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin