132
QOBIQ
zilzilalariga gipotsentri yer sathidan 70 km chuqurlikkacha
joylashgan yer silkinishlari kiradi. Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda
bo‘ladigan zilzilalarning barchasi ushbu gruppaga kiradi. Ularning chuqurligi
asosan 10-40 km, ayrim hollarda Pomirda 70 km gacha boradi. O‘rta Osiyoda,
xususan, O‘zbekistonda biz sezadigan zilzilalar o‘chog‘i yer qobig‘ida va qobiq
ostida ro‘y byeradigan zilzilalardir.
QOBIQ OSTI
zilzilalariga gipotsentri 70 dan 300 km gacha bo‘lgan yer
silkinishlari kiradi. Ular, asosan Afg‘onistonning Hinduqush tog‘lari ostida sodir
bo‘lib, ta’sir kuchi O‘zbekistonga ham etib kelishi mumkin.
CHUQUR FOKUSLI
zilzilalar gipotsentri 300 km dan 780 km gacha
bo‘lgan yer silkinishlari hisoblanadi. Ular, asosan Tinch okeani va boshqa okeanlar
bilan kontinentlar tutashgan joylarda ro‘y byeradi. Chuqur fokusli zilzilalar
Markaziy Osiyoda bo‘lmaydi.
Dostları ilə paylaş: