135
23.
31.01.1977
5,7
7-8
Isfara-Botken
24.
06.12.1977
5,3
7
Tovoqsoy
25.
10.12.1980
5,5
8
Nazarbek
26.
06.05.1982
5,8
8
Chimyon
27.
17.02.1984
5,6
7-8
Pop
28.
20.03.1984
7,3
9-10
Gazli
29.
15.05.1992
5,5
8
Izboskan
30.
31.10.1998
5,2
7-8
Qamashi
ZILZILA DAHSHATI
Yaqinginada, so‘nggi 10-15
yil mobaynida jahon
miqyosida yuz byergan kuchli zilzilalar bir necha o‘n minglab kishilarni xayotdan
olib ketganligi achinarli holdir. Jumladan 1999, 2003, 2004, 2006 yillarda
Turkiyada, 2003, 2004 yillar Rossiyada, 2005 yil Pokistonda, Xindistonda, Eronda,
Indoneziyaning Sumatra va Nias orollarida, Xind okeanida zilzila oqibatida
yuzaga kelgan sunami xamda 2006 yil 10 avgustda Turkiyada yuz bergan
zilzilalar daxshati hali-hanuz yodimizda.
AQSh Smison instituti tabiiy ofatlar bo‘limi ma’lumotlariga
qaraganda,
1947 – 2005 yillarda turli tabiiy ofatlardan qurbon bo‘lganlar soni bir yarim
milliondan oshadi. Jumladan Siklon, bo‘ron, dovullardan qurbon bo‘lganlar soni
qariyb 1 mln. kishini, zilzilalardan 280000, toshqinlardan 180000 va
momaqaldiroq, sunami, vulqonlar otilishidan 62000 kishi qurbon bo‘lgan. Bu
raqamlardan ko‘rinib turibdiki, tabiiy ofatlar ichida zilzila ikkinchi o‘rinda
turarkan.
YER NEGA QIMIRLAYDI?
Yerimiz quyosh sistemasidagi planetalardan
biri bo‘lib, u nihoyatda murakkab harakatga ega. Yer o‘zining
fizik xossalari,
zichligi, solishtirma og‘irligi, issiqligi, elektr o‘tkazuvchanligi va boshqa
xususiyatlariga ko‘ra turli qatlamlarga bo‘linadi.
Yerning eng ustki qatlami uning qobig‘i deyiladi. Yer qobig‘ining
chuqurligi quruqliklarda asosan 30-50 km ni tashkil etib, ba’zi joylarda 70 km
gacha boradi, okeanlarda esa 6-8 kmga boradi.
Keyingi qatlam mantiya bo‘lib, u 2900 km gacha davom etadi. So‘nggi
qatlam 2900 km dan to yyerning markazigacha davom etib u yadro qatlamidir.
Yer qobig‘i quruqliklarda cho‘kindi tog‘ jinslari, “granit” va “bazalt”
qatlamlaridan iborat. Okeanlar ostida esa “granit” qatlami bo‘lmaydi.
Yer qatlamlarida doimo murakkab kimyoviy, fizikaviy jarayonlar to‘xtovsiz
bo‘lib turadi. Bulardan birinchisi-solishtirma og‘irliklari og‘ir
jinslarning doimo
pastga, engil jinslarning yuqoriga bo‘lgan harakati. Ikkinchisi-radioaktivlik xossasi
asosida bir jinslardan ikkinchisining hosil bo‘lishi yoki jinslarning bir holatdan
ikkinchi holatga o‘tishi natijasida energiya ajralishidir. Bunday reaktsiyalar sodir
bo‘lishiga sabab, yerning chuqur qatlamlarida juda katta bosim va issiqlik
mavjuddir.
136
Bu esa radioaktivlik xossasiga asosan bir jinslarning ikkinchisiga aylanishiga
va issiqlik energiyasi ajralishiga olib keladi. Energiyaning saqlanish qonuniga
asosan u yo‘qolib ketmaydi. Hosil bo‘lgan energiya
yerning ostida juda katta
hajmdagi jinslarni harakatga keltiradi. O‘z navbatida bu kuchlar yerning ustki
qatlamlarini, yer qobig‘ini xarakatga keltiradi.
Bundan tashqari, O‘rta Osiyo maydonida hozir tog‘ hosil bo‘lish jarayoni
davom etmoqda. Ana shu tog‘ hosil qiluvchi tektonik jarayonlar zilzila sodir
bo‘lishiga olib keladi. Eng asosiy sabab tog‘ hosil qiluvchi
yer osti kuchlarining
maydon bo‘ylab bir tekislikda tarqalmasligidadir.
Hozirgi zamon geologiya fanida umuman tog‘larning hosil bo‘lishi va
xususan zilzilalarning sabablari to‘g‘risida Plitalar tektonikasi nazariyasi muhim
ahamiyatga ega.
Agar yer sharining xaritasiga diqqat bilan qarasak, Amerika qit’asining
sharqi bilan, Evropa va Afrika qit’alarining g‘arbi nihoyatda bir-biriga yaqinligini,
shuningdek Avstraliya qit’asi shimoliy chegarasining, Afrika qit’asi janub-sharqi
va Evroosiyo qit’asining janubiy chegaralariga yaqinligini ko‘ramiz.
Plitalar tektonikasi
nazariyasiga asosan, okeanlardan o‘tgan, tarkibi
bazaltlardan iborat suv osti tog‘ tizmalari yerning chuqur mantiya qatlamidan
uzluksiz oqib chiqayotgan magmaning qotishidan hosil bo‘ladi. Keyingi hosil
bo‘lgan jinslar avvalgilarini suradi, bu esa plitalar surilishiga olib keladi.
Ushbu
nazariya tarfdorlari fikricha, tog‘ hosil qiluvchi va xususan, zilzilalarni keltirib
chiqaruvchi asosiy kuch gorizontal yo‘nalgan bo‘lib, u ikkita yoki bir nechta
plitaning bir-biriga bo‘lgan o‘zaro ta’siridan sodir bo‘ladi. Masalan O‘rta Osiyoda
yuz
byeradigan zilzilalarga sabab, janubdan shimolga harakat qilayotgan Hind
plitasi bilan Evroosiyo plitalarining to‘qnashuvidir. Kuchli gorizontal siqilish
tufayli yirik tog‘lar hosil bo‘ladi va shu jarayonda zilzilalar ham sodir bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: