143
Yer silkinishi va undan keyingi paytda paydo bo‘ladigan qo‘rquv va vaxima
inson xayoti uchun juda xavflidir, inson bunday paytlarda qo‘rquvning engib,
o‘zining boshqara olishi kerak.
Demak, insoniyat zilzilani bashoratlash imkoniyatiga ega emas ekan, sodir
bo‘lishi mumkin bo‘lgan yer silkinishining zarar-oqibatlarini kamaytirish
imkoniyatiga ega. Biz hozir bu imkoniyatlarni tartib bilan sanab chiqamiz:
1.
Binolarni mustahkamligini ta’minlash (qurilayotgan binolarni mustahkamligini
oshirish, mavjud binolarni mustaxkamligini saqlash, engil qurilmalardan
foydalanish v. b).
2.
Binolar ichidagi mebel va boshqa jixozlarni mustaxkam o‘rnatish (divan,
krovat, stol-stullarni polga; jovon, shkaf va servantlarni devorga mustaxkam
o‘rnatish, qandil va boshqa osiladigan buyumlarni mustaxkam osish v. b).
3.
Zilzila sodir bo‘lgunga qadar bajariladigan ishlar (eng zarur xujjatlar va boshqa
buyumlar xamda dori-darmonlar solingan sumka tayyorlash; uch kunlik (suv
oziq-ovqat zaxirasi tayyorlash; bino ichidagi xavfsiz joylarni raqamlar bilan
belgilab, o‘rganish; binodan tashqaridagi xavfsiz joyni va unga boradigan yo‘lni
aniqlab o‘rganish v.b.).
4.
Zilzila payitidagi xarakatlarni aniqlab, o‘rgatish (vaximaga tushmaslik; extiyot
choralarini ko‘rgan xolda, qaltis xarakatlanmay turish; zilzilaning qaytish
xususiyatidan unumli foydalanib, tashqaridagi xavfsiz joyga chiqish; binodan
chiqolmay qolganda, oldindan o‘rganilgan eng yaqin xavfsiz joylarni egallash
v.b.).
5.
Zilzila to‘xtagandan keyingi xarkatlarni aniqlab o‘rgatish (o‘zini xolatini
aniqlashni, oila a’zolari va yaqinlarini qidirib topishni hamda qutqarishni, eng
zarur birinchi yordam ko‘rsatishni; mavjud yong‘inlarni cheklash yoki
o‘chirishni; gaz, elektr va suv tizimlarini o‘chirishni; qo‘ni-qo‘shnilarga oilada
bajarilgan tartibda yordam ko‘rsatishni; kelishi mumkin bo‘lgan yordam kuch va
vositalari uchun yo‘l va yo‘nalishlar tayyorlashni o‘rgatish v. b.).
Biz xozir yuqorida sanab chiqqan tadbirlar va ishlar, xar bir fuqaroning,
qolavyersa, har bir jamoaning imkoniyat darajasidagi, ya’ni bajarsa bo‘ladigan
ishlaridan iborat. Ushbu tadbirlar sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan zilzilaning zararli
oqibatlarini bir muncha kamaytirishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: