140
2. Oldindan xonaning burchaklari asosiy devor burchagi, eshik ramkalar o‘rni
kabi xavfsiz joylarni aniqlab qo‘yish.
Yer qimirlaganda uyning xafli joylarida tirgaklari oyna bo‘lishi bo‘lgan ichki
va tashqi deraza o‘rinlari, burchak uylar asosan oxirgi qavatlarda,
lift va
zinapoya maydonchalari.
3. Oila a’zolari va bolalarga xavfsiz joy tanlashni o‘rgatish zarur.
4. Oila a’zolari va o‘zingiz gaz, elektr suvni o‘chirish yo‘llarini bilishingiz
lozim.
5. Qariya, nogiron va bolalarni xavfsizligini ta’minlash yo‘lini toping.
6. Shkaf, etajerka, stelaj va jovonlarni uxlaydigan o‘rinlarga, eshik va chiqish
yo‘llariga yiqilmaydigan xolatda qo‘yish kyerak.
7. Og‘ir yuklarni odam ustiga tushib ketishi mumkin bo‘lgan narsalarni pastki
yoki ishonchli joyga joylashtirilishi shart. Dam olish o‘rinlari
katta oyna-
bandlardan, ustiga tushishi mumkin bo‘lgan narsalardan uzoqroq bo‘lishi shart.
8. Javonlarni dam olish o‘rinlaridan yiroqroq joylashtiring.
9. Kiyimlar yoki buyumlar bilan uyga kirish yo‘lini yopib qo‘ymang.
10. Tez yonuvchan yonilg‘i bo‘lgan idishlarni portlab yoki yonib ketmaydigan
xavfsiz joyda saqlang.
11. Lat eganda, umuman xar qanday xavf bo‘lganda
birinchi tibbiy yordam
ko‘rsating. Uyingizda dori-darmonlar, 1 tibbiy yordam ko‘rsatish qutichasini
saqlang.
12. Yerto‘la yoki garaj
saqlanish joylari xisoblanadi, shuning uchun ofat
tugagunga qadar saqlanish uchun ushbu joylarda sharoit yaratilishi ko‘zda tutiladi.
13. Uyingiz xolatini tekshirib uni mustaxkamlash yo‘lini o‘rganing.
14. Qishloqdagi aholi yashayotgan joylarda xafli jarayonlar ya’ni, sel kelishi,
yer ko‘chishi suv bosishi bo‘lishi
mumkinligini baxolab, oila a’zolari va
qo‘shnilar bilan birgalikda xavfsiz joyga chiqish yo‘llarini bilishi shart. Chunki yer
silkinishi natijasida, yer ko‘chkisi, o‘pirilishi,
siljishi, tosh ko‘chkisi, yerning
yorilishi, tuproq qatlamlarining cho‘kishi, tuproqning siqilib
qolishi xollari sodir
bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: