138
tushunchasi kiritildi (magnituda inglizcha so‘z bo‘lib, kattalik ma’nosini bildiradi).
Magnituda shkalasi ko‘pincha
RIXTYER
shkalasi deyiladi. Eng kuchli zilzilaning
magnitudasi nazariy jihatdan 9 gacha etishi mumkin.
Lekin shu vaqtgacha yer
kurrasida kuzatilgan zilzilalarning eng kuchlisining magnitudasi 8,8 dan ortgan
emas. Magnituda o‘lchamining afzalliklaridan biri – bu bitta stantsiyadagi yozuvga
qarab ham zilzila kuchini aniqlash mumkin.
Zilzila energiyasi (E) Djoul o‘lchamida o‘lchanadi. Ko‘pincha matbuotda
zilzilalar ball, magnituda o‘lchamlari
bilan bir qatorda
KLASS
(K) bilan ham
ifodalanadi. KqlgE. Masalan, zilzila enyergiyasi Eq1010 dj bo‘lsa, Kq10, ya’ni
o‘ninchi klassli zilzila deyiladi.
ZILZILALARNI OLDINI OLISH ChORA-TADBIRLARI
Zilzilalarni oldindan aytib berishda monitoring
va prognoz ishlarini olib
borilishi katta ahamiyatga ega. Zilzilalarni monitoring ishlari zilzilaga olib
keluvchi omillarni rivojlanishini kuzatib borish va ma’lumotlarni to‘plash hamda
taxlil qilishdan iborat. Shu sababli, hozirgi vaqtda zilzilalarni oldindan aytib berish
uchun
gidrogeoseysmologik
metodlar
asosida
kuzatish
punktlari
respublikamizning barcha territoriyalarida tashkil etilgan. Bu esa to‘g‘ridan to‘g‘ri
zilzila bashorati ma’lumotlarini yig‘ishga imkon byeradi.
Hozirgi kunda zilzilalarni oldindan aytib berish
sohasida olib borilayotgan
kuzatish ishlari bir necha bosqichda olib boriladi.
Dostları ilə paylaş: