141
partalarni tagiga kirib olib oynaga teskari o‘girilib bosh qismini va yuzlarini qo‘li
bilan byerkitib olishlari zarur.
4.Agar siz ko‘p qavatli uylar va imoratlarning birinchi qavatidan yuqorida
bo‘lsangiz xech qachon lift yoki
zinapoyalarga qarab chopmang, chunki ko‘p
xollarda yer qimirlash davrida ushbu qurilmalarning birinchi navbatda qulashi
xollari kuzatilgan.
Bunday xollarda uyning eshigini ochib tashlang va eshikning o‘rniga turing.
Eshik ochilishi qotib qolsa xavotir bo‘lmang bu xol imoratni qiyshayganidan
bo‘ladi.
5.Xar imoratning oynaband joylaridan uzoqroqda turishga xarakat qiling.
Imoratning asosiy devori yonida turishga xarakat qiling.
6. Birinchi etajdan yuqorida bo‘lsangiz oynali
dyerazadan sakramang bino
buzilmasa xam o‘zingiz lat eyishingiz mumkin.
7. Sakrashga majbur bo‘lgan xolda oynani taburetka yoki elkangiz bilan
sindirib keyin sakrang.
8.Odamlar bilan gavjum joylarda (magazin, kinoteatr, maktab, oliygox,
vokzal) qo‘rquvga byerilmay, binoning asosiy devorlariga
suyanib yoki osilib
turgan buyumlardan, lyustra, ventilyaor, reklama taxtasidan uzoqroq turish kyerak.
9. O‘zingizni xotirjam tuting bu atrofingizdagilarga o‘rnak bo‘ladi.
10. Yer silkinishlari oqibatida qishloq joylarda bir vaqtda, yer ko‘chmasi, sel
bosishi, tog‘ toshlari tushishi mumkin shuning uchun, tepalik ustiga yoki suv
bosmaydigan yuqoriroq joyga chiqib olishga xarakat qiling.
11. Molxonalar yonida turish mumkin emas, chunki qo‘rqib ketgan xayvonlar
tagida qolib ketishingiz mumkin.
KO‘ChADA:
1.
Yuqori qavatli bino yo‘lakchasida turgan bo‘lsangiz
ochiq joyga chiqishga
xarakat qiling, chunki bino buzilsa bo‘lakchalari ustingizga tushishi mumkin.
Elektr simlari o‘tgan liniyalar tagida xam turmang, uzilib ketishi mumkin.
2.
Bino yonidan yugurmang va bino ichiga kirmang bu xayotingiz uchun
xavflidir, chunki buzilayotgan bino bo‘lakchalari ustingizga yoki o‘zingizni
bosib qolishi mumkin.
3.
Yer silkinayotgan vaqtda avtomobilda ketayotgan bo‘lsangiz,
yuqori qavatli
imorat, elektr simi, tik qiyalik ostiga, daryo o‘zani yoniga to‘xtamang.
Dostları ilə paylaş: