Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari va mashinalari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə148/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

4. O‘t o‘chirgichlar, o‘t o‘chirish qurilmalari va mashinalari. 
O‘t o‘chirgichlar yong‘inni boshlang‘ich fazasida o‘chirish uchun ishlatiladi. 
Ular sig‘imi, o‘t o‘chirish moddasi,
o‘t o‘chiruvchi moddani chiqarish usuli 
bo‘yicha turlicha bo‘ladi. 
Ximiyaviy ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar qattiq va suyuq moddalar yong‘inini 
o‘chirish maqsadida foydalaniladi. Ularga OXP-10, OP-M va OP-9MM o‘t 
o‘chirgichlari kiradi. Ularning ishlash vaqti ko‘pik karraligi 5 ga teng bo‘lganda 60 
sek ni tashkil etadi. Ballonlar hajmi 8,7 va 9 l, zaryadlari ishqorli va kislotali kismdan 
iborat. Ishqorli qismi 450…460 gr bikorbanatnatriy va qizilmiya ildizi ekstraktining 
suvdagi aralashmasida, kislotali qismi-15 gr oltingugurt va 120 gr dan ortiq 
oltingugurt kislotasining suvdagi aralashmasidan iborat. Bu o‘t o‘chirgichlarning 
korpusi foydalanilgandan 1 yil o‘tgach 2 MPa bosim ostida sinaladi (bir 


150 
partiyadagi o‘t o‘chirgichlarning 25 %). Ikki yildan keyin esa-50 %, uch yildan 
keyin esa 100 % o‘t o‘chirgichlar sinovdan o‘tkaziladi. 
Sanoatda OVP-5, OVP-10 markali ko‘lda olib yuriladigan o‘t o‘chirgichlari

OVP-100, OVPU-25 markali yuqori karrali statsionar o‘t o‘chirgichlar ishlab 
chiqariladi. Ularni zaryadlashda PO-1 ko‘pik hosil qiluvchidan foydalaniladi. 
Uglekislotali o‘t o‘chirgichlar turli xil moddalar materiallar, elektr 
qurilmalaridagi yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ularni zaryadlashda uglerod ikki 
oksididan (SO
2
) foydalaniladi. Bunday o‘t o‘chirgichlarga OU-5, OU-8, OU-25, 
OU-80 va OU-400 markali o‘t o‘chirgichlar kiradi. Ular tortib ko‘rib tekshiriladi. 
Agar ularning massasi 6,25; 13,35 va 19,7 kg dan kam bo‘lsa (mos holda, OU-2, 
OU-5, OU-8 o‘t o‘chirgichlari uchun) ular qayta zaryadlanadi. 
Uglekislotali - brometilli o‘to‘chirgichlarga OUB-ZA va OUB-7A lar kiradi. 
Ularning hajmi 3,2 va 7,4 l bo‘lib, brometil va kislota aralashmasi bilan 
zaryadlanadi. Bu markadagi qo‘lda olib yuriladigan o‘t o‘chirgichlarini ta`sir 
etish vaqti-35 sek, uzatish uzunligi 3,0-4,5 m ga tengdir. 
Kukunli o‘t o‘chirgichlar OP-1, ,,Moment", OP-2A, OP-10A, OP-100, OP-
250 va SI-120 markali bo‘lib, ular uncha katta bo‘lmagan yong‘inlarni 
o‘chirishda ishlatiladi. OP-1 va ,,Moment" o‘t o‘chirgichlaridan avtomobillar 
va kuchlanishi 1000 V gacha bo‘lgan elektr qurilmalarida foydalaniladi. 
OP-10A o‘t o‘chirgichi ishqorli metallardagi (natriyli, kaliyli) hamda yog‘och 
va plastmassalardagi yong‘inlarda ishlatiladi. 
SI-2 ko‘chma o‘t o‘chirgichi neft’ mahsulotlari, metalloorganik birikmalar 
va shu kabi boshqa moddalar yonishini o‘chirishda, SJB-50 va SJB-150 o‘t 
o‘chirgichlari tok ta`siridagi elektr qurilmalar yong‘inini o‘chirishda hamda 
aerodrom xizmatidagi o‘t o‘chirish mashinalarini jihozlashda ishlatiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin