Go‘daklarda yurak-o‘pka faoliyatini tiklash tadbirlarini o‘tkazish Bir yoshga etmagan go‘dakda tomir urishini aniqlash juda murakkab.
Shuning uchun, agar maxsus tayyorgarlik bo‘lmasa, nafasi to‘xtagan go‘dakning
tomirini bir necha sekunddan ortiq tekshirish mumkin emas. Bo‘g‘ilishdan bo‘lak
hodisalarda go‘daklarda, odatda, nafas to‘xtagach, tomir urishi ham to‘xtaydi.
Go‘dakning tomir urishi katta yoshlilarniki kabi uyqu arteriyasida emas,
balki qo‘lning ichki tomonidagi, yelkasiga yaqin yelka arteriyasida tekshiriladi.
Go‘dakning qo‘lidagi yelka suyagiga, tirsagiga emas, balki qo‘ltiq chuqurchasi
yaqiniga ikkita barmoqni qo‘yib, barmoqni qo‘lga yengil botirib, 5-10 sekund
davomida tomir urishi tekshiriladi.
Go‘dakning hushi o‘zidaligini aniqlash uchun go‘dakni baland ovoz bilan
chaqirib, go‘dakning qo‘l-oyoqini bir oz chimchilanadi.
Go‘dak behush bo‘lsa, go‘dakni orqasiga aylantirib, go‘dakni asta o‘zimiz
tomon tortib, boshi va bo‘ynini ushlab turib aylantiriladi.
Nafas yo‘llarini ochib, nafas bor-yo‘qligi tekshiriladi. Buning uchun
bolaning boshini bir oz orqaga egib, nafas bor-yo‘qligini aniqlab, ko‘rish, eshitish
va sezish nazoratidan 5 sekund davomida foydalaniladi.
Go‘dak nafas olmayotgan bo‘lsa, go‘dakni qattiq joyga orqasi bilan yotqizib,
2 marta sekin puflanadi. havo o‘pkaga o‘tayotganiga ishonch hosil qilish uchun
ko‘krak qafasining ko‘tarilishi kuzatiladi.
Tomir urishi yelka arteriyasida 10 sekund davomida tekshiriladi.
Yuqori nafas yo‘llari o‘tkazuvchanligini tiklash. Geymlix usuli Nafas yo‘llari havoning burun va og‘izdan boshlab o‘pkaga o‘tish yo‘lidan
iborat. Nafas olish yo‘llarini nimadir to‘sib qo‘ysa, jabrlanuvchi bo‘g‘ila boshlaydi
va uning organizmi kerakli miqdorda kislorod olmaydi, natijada uning hayoti xavf
ostida qoladi. Bunday holat shoshilinch vaziyat hisoblanadi va nafas yo‘llarining
o‘tkaza olmasligining sabablarini bartaraf qilish maqsadida birinchi yordam
ko‘rsatish talab qilinadi.