Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 BIRLAMCHI KO‘RIKNI O‘TKAZISH QOIDALARI VA TARTIBI



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

 
1.1. BIRLAMCHI KO‘RIKNI O‘TKAZISH QOIDALARI VA TARTIBI. 
Terminal holat – bu hayot bilan o‘lim orasidagi chegaradir. U bir necha 
darajadan iborat: 
1.Predagoniya
2. Agoniya. 
3. O‘lim. 
O‘limning ham bir necha turi mavjud: 
1.
Klinik o‘lim 
2.
Sotsial o‘lim 
3.
Biologik o‘lim 
Klinik o‘limning asosiy belgilari: 

Yurak urishdan to‘xtagan 

Nafas olish belgilari yo‘q 

Behushlik 
Klinik o‘lim o‘rtacha 3-5 minut davom etadi. Bu vaqt 1-2 minutgacha qisqarishi 
yoki 10-15 minutgacha uzayishi mumkin. 
Klinik o‘limning qo‘shimcha belgilari: 

Qorachiqning kengayishi 

Teri qoplamalarining oqarishi 

Reflekslarning yo‘qolishi 
Sotsial o‘limda bosh miya hujayralari o‘lishi, yurak-o‘pka faoliyati tiklanishi 
mumkin. 
Biologik o‘lim – orqaga qaytarib bo‘lmaydigan jarayondir. 
Belgilari: 
1.
Yorug‘likka javob reaktsiyasi yo‘q 
2.
Qorachiq torayadi 
3.
Nafas va puls yo‘q 
4.
Murda dog‘lari paydo bo‘ladi 
Jarohatlangan va og‘ir shikastlangan bemorlarni birlamchi ko‘rikdan 
o‘tkazish uchun quyidagilar amalga oshiriladi
4

D
– Jabrlanuvchi va yordamchini zararsizlantirish. 
Bunda voqea sodir bo‘lgan joyning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda 
harakat qilinadi. Agar qishning issiq kuni bo‘lsa, jabrlanuvchining nafas 
yo‘llarini bo‘shatish maqsadida yoqasi bo‘shatiladi, ustki qalin kiyimlari 
4
Rui Manuel da Torre Vieito, Sergio Alexandre Neves Gulmaraes, Advanced Training Manual for First-Aid. 
Junho 2008. 


157 
echib tashalnadi. Xuddi shunday yordam beruvchi ham o‘ziga qulay holat 
yaratish maqsadida kiyimlarini engillatib, shundan so‘nggina birinchi yordam 
ko‘rsatishga kirishadi. 

– Es–hushini tekshirish (peshonaga bir qo‘limizni qo‘yib, 2- nchi qo‘limiz bilan
yelkasiga urib ko‘ramiz va biror narsa so‘raymiz). 
Zararlangan inson qattiq jarohat tufayli xushdan ketishi yoki o‘ta xolsizlik 
sababli ko‘zi yumuq xolda yotishi, shu bilan o‘zini xushdan ketganday tutishi 
mumkin. Shuning uchun jabrlanganning es-xushini aniqlash maqsadida bir 
qo‘lni bemor peshonasiga qo‘yib turgan holda savol beriladi. Agar bemor 
xushida bo‘lsa, u xolda peshonasi harakatga keladi va biz buni qo‘limiz bilan 
sezamiz. 

– Nafasni tekshirish (ko‘raman, eshitaman, sezaman)
5

Bunda ko‘zimiz bilan jabralnuvchining ko‘krak qafasi harakatlanayotganini 
ko‘ramiz. 
Bemorning burniga quloq tutib, nafas shovqinini eshitamiz. 
Qo‘limizni bemorning ko‘krak qafasi ustiga qo‘yib, bemorning nafas 
olayotgan yoki olmayotgani ni sezamiz. Sog‘lom odam 1 daqiqada 16-20 ta 
nafas oladi. 
B
– Nafas yo‘llari ochiqligida (qo‘lni bo‘yin orqasidan o‘tkazib, o‘ng qo‘l bilan 
pastki jag‘ yuqoriga va orqaga tortiladi). Og‘izni yot narsalardan tozalab
yoshidan qat'iy nazar 2 marta sinov nafas beriladi. 
C
– Bemorning tomir urishi (puls) ni tekshirish. Buning uchun jabrlanuvchining 
bilak va uyqu arteriyalaridagi tomir urishi tekshiriladi. Sog‘lom odamning 
tomiri 1 daqiqada 70-80 tagacha uradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin