166
Tayanch-harakat sistemasi shikastlanishining to‘rt asosiy turi mavjud:
• sinish,
• chiqish,
• boylamlar cho‘zilishi yoki uzilishi,
• muskullar va paylar cho‘zilishi yoki uzilishi.
SINISh
Sinish - suyak yaxlitligining buzilishidir. To‘la sinish va suyak bo‘lak bo‘lib
singandagi yoki darz ketgandagi kabi chala sinish mavjud.
Ochiq sinishda jarohat mavjud bo‘ladi. U qo‘l yoki oyoqqa suyak sinishiga olib
keladigan haddan tashqari nagruzka berilganda sodir bo‘ladi. Singan suyak uchi
terini yirtib, tashqariga chiqib qoladi yoki bironta buyum teri qoplamni teshib o‘tib,
suyakni sindiradi
7
. Taxmin qilingan siniq atrofidagi yumshoq to‘qimaning har
qanday zararlanishi ochiq sinishdan darak beradi.
Yopiq sinishda teri qoplami
zararlanmay qoladiki, sinishning bunday turi ko‘proq uchraydi. Ochiq sinish
nisbatan xavfli, chunki unda jarohatga infeksiya tushirish yoki qon yo‘qotish xavfi
mavjud bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: