ChIQISh Chiqish - suyakning bo‘g‘imdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishidir.
Chiqish, odatda, katta kuch ta'siri ostida ro‘y beradi.
Suyak boshchasi o‘zining normal holatidan tashqari chiqsa, boylamlar
cho‘ziladi yoki uziladi. Chiqishga sabab bo‘lgan kuch ta'sirida suyak sinishi hamda
yaqin atrofdagi nervlar va qon tomirlari zararlanishi mumkin. Chiqishni bo‘g‘imlar
shaklining ko‘zga tashlanadigan darajada buzilishiga qarab aniqlasa bo‘ladi.
Boylamlarning cho‘zilishi va uzilishi Suyak odatiy harakat amplitudasidan tashqari chiqqanda boylam cho‘ziladi.
Bo‘g‘inga haddan tashqari og‘ir yuk tushishi boylamlarning to‘la uzilishiga hamda
suyak chiqishiga olib kelishi mumkin. Bunday hollarda suyak sinishi ham mumkin.
Boylamlar yengil cho‘zilganda, odatda, tez tuzalib ketadi. Jabrlanuvchi qisqa
vaqt og‘riq sezib yurishi mumkin, biroq tezda bir oz og‘riq his qilgan holda yoki
umuman og‘riq his qilmay jismoniy faollikni yangidan boshlab yuborishi mumkin.
Chiqish - suyakning bo‘gimdagi o‘z normal holatiga nisbatan siljishi.
Shuning uchun kishilar bunday hodisalarga ko‘pincha e'tibor berishmaydi, natijada
bo‘g‘im qayta shikastlanishi mumkin. Boylamlar cho‘zilishining og‘ir shaklida
bo‘g‘im sal harakatga kelsa, qattiq og‘riq sezadi. To‘piq va tizza bo‘g‘imlari,
barmoqlar va bilak boylamlari cho‘zilishi ko‘p uchraydi.
Ba'zan boylamlarning cho‘zilishi sinishga qaraganda jiddiyroq funktsional
oqibatlar keltirib chiqarishi mumkin. Singandan keyin bitgan suyak kamdan-kam
hollarda qayta sinadi. Bo‘g‘im esa, boylamlar cho‘zilganidan yoki uzilganidan
keyin, ancha beqaror (o‘ynoqi) bo‘lib qolishi mumkin. Bu hol qayta shikastlanish
ehtimolini oshiradi.
7 Михаил Морозов. Основы первой медицинской помощи. Учебное пособие „СпецЛит“», 2013