Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish Kuyish sabablarini bartaraf etgandan keyin ham yumshoq to‘qima kuyishda
davom etib, yanada ko‘proq zararlanadi. Kuyish qattiq bo‘lmagan holatlarda
kuygan joyni sovutish pufakchalar paydo bo‘lishining oldini olib, qattiq kuyishda
to‘qimalarning zararlanishini kamaytiradi.
Jabrlanuvchi his etayotgan og‘riqning kuchli-kuchsizligiga qarab kuyish
darajasi haqida xulosa chiqarilmaydi. Chunki kuyish oqibati sifatida nerv uchlari
zararlangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda kuygan joyni vrach ko‘zdan kechirishi
kerak.
Agar kuyish natijasida nafas olish qiyinlashsa, tananing bir necha joyi
jarohatlangan bo‘lsa, bosh, bo‘yin, qo‘l panjalari, oyoq kafti yoki jinsiy a'zolar
jarohatlangan bo‘lsa, bola yoki yoshi ulug‘ odam jabrlangan bo‘lsa, ximiyaviy
moddalardan kelib chiqqan va portlash yoki elektr toki urishi oqibati bo‘lsa, tez
yordam chaqirish kerak.
Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda kuygan joyni suvga tiqib yoki unga
suv quyib sovutiladi, biroq suv haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi kerak.
Zararlangan joyni sovutgach, infektsiya tushishi, havo tegishiga yo‘l qo‘ymaslik
hamda og‘riqni yengillashtirish uchun toza salfetka o‘raladi.
Pufakchalarni yorish mumkin emas, chunki terining butunligi infektsiya
tushishidan saqlaydi. Pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa, zararlangan joyni
jarohatlangandagi kabi, sovunlab yuvib, sterillangan bog‘lam bog‘lanadi.
Uchinchi darajali kuyishda tez yordam chaqiriladi va nafas yo‘llari yoki
o‘pka kuyganidan gumon qilinsa, nafas olinishini muntazam kuzatib boriladi.
(Nafas yo‘llari kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas olishini qiyinlashtirib
kuyishi mumkin). Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda, kuyganlikni ko‘rsatuvchi
bironta qo‘shimcha belgi bor-yo‘qligini tekshiriladi. Kuygan joyga ho‘llangan
sochiq yoki boshqa bironta mato bosiladi. Bu kompress ustiga suv quyib, uni doim
sovuq tutib turiladi. Aks holda darrov isib, qurib qoladi. Uchinchi darajali kuyish
shok holatiga olib kelishi mumkin. Agar jabrlanuvchi nafas olishda
qiynalmayotgan bo‘lsa, undan yotib olishini iltimos qilinadi. Kuyishdan jabrlangan
odam, odatda, titraydi. Uning tana haroratini bir xilda tutib turish lozim
9
.
Agar kuygan joy katta bo‘lsa, butun jarohatlangan joyni birvarakay
sovutishga urinmaslik kerak, bu hol jabrlanuvchi tana haroratining umumiy
pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Kuygan joyning bir qismini sovutib, qolgan
joyiga toza mato yopib qo‘yiladi.