Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə172/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar: 
ishning turi va mehnat 
sharoitiga bog‘liq holda 4 guruhga bo‘linadi: 
1.
Fizikaviy 
2.
Kimyoviy. 
3.
Biologik. 
4.
Psixofiziologik. 
Fizikaviy omillarga: 
harakatdagi mashina va mexanizmlar,ularning 
himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada 
changlanganligi, gazlanganligi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash,infratovush, 
ultratovush, ionli va elektr magnitli ionlanishlar, ultrabinafsha va infra qizil 


179 
nurlar,yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik 
darajasining meyoridan chetga chiqish kabi omillar kiradi.
Kimyoviy omillarga-
ishlab chiqarish jarayonlarida ishlatiladigan yoki ajralib 
chiqadigan turli xil kimyoviy moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish 
xususiyatiga 
qarab 
quyidagi 
guruhlarga 
ajratish 
mumkin: 
umumiy 
zaharlovchi,ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi, inson a’zolariga kirish yo‘li 
orqali esa: nafas yo‘li orqali ta’sir etuvchi, hazm yo‘li orqali, teri orqali ta’sir etuvchi 
omillarga bo‘linadi.. 
Biologik omillar-
har xil jaroxatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro-
organizmlar, bakteriyalar, viruslar, rikketsiyalar, zamburug‘lar har xil zaharli 
o‘simliklar va hayvonlar kiradi. 
Psixofiziologik omillar
- jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi. 
Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va gipodinamik holda bo‘lishi mumkin. 
Asabiy zo‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishida 
bo‘lishidan, kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi. 
Ishlarni og‘irlik va xavflilik-zararlilik darajasi bo‘yicha tafsiflanishi:
Barcha jismoniy ishlar 3 ta kategoriyaga ajraladi: 
1.
Yengil ishlar 
2.
O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar, 
3.
Og‘ir ishlar. 
Yengil ishlarni bajarishga – 172 j/s, o‘rtacha ishlarni bajarishga– 172, 293gacha 
j/s,og‘ir ishlarni bajarishga 293 j/s.dan ortiq energiya sarflanadi. Umuman, ishlarni 
og‘irlik darajasi bo‘yicha guruhlashda 50 ga yaqin mezon («kriteriya») hisobga 
olinishi mumkin. 
Ishlar xavflilik va zararlik darajasiga qarab esa zararli, xavfli va o‘ta xavfli 
guruhlarga ajratiladi. 
Zararli ishlarga nomaqbul iqlim sharoitida bajariladigan ishlar (kuchli shamol, 
past yoki yuqori harorat, namlik, yuqori darajada shovqin, titrash, har xil nurlar 
ta’sirida ishlash). 
Xavfli ishlarga «montajchilar», o‘t yoquvchilar, elektriklar misol bo‘la oladi. 
O‘ta xavfli ishlarga esa yong‘inni o‘chirish va uni oqibatlarini tugatish, tabiiy ofatlar 
davrida avariya –tiklash ishlarini olib borish misol bo‘ladi. 6 iyun 1997 yil Vazirlar 
Mahkamasining 286 – sonli qarori bilan tasdiqlangan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin