Xavfning nomenklaturasi. Nomenklatura-ma’lum bir belgilariga ko‘ra
tartibga solingan, sistemalashtirilgan nomlar, terminlar ro‘yxatidir. Hozirgi vaqtda
xavfning alfavit tartibidagi nomenklaturasi ishlab chiqilgan bo‘lib, u qisqacha
quyidagi ko‘rinishga ega. Alkogol, anomal harorat, anomal nisbiy namlik, anomal
havotezligi, anomal barometrik bosim, anomal yoritilganlik, anomal ionlashgan
havo, aqliy zo‘riqish, bosim ostidagi idishlar, bug‘ balandlik gazlar, gipodinamiya,
qor ко’chishi, quyosh aktivligi, quyosh zarbasi.
Xavfning kvantifikatsiyasi. Kvantifikatsiya–sifat darajasi aniqlanadigan va
baholanadigan murakkab tushunchalarga sonli xarakteristika berish demakdir.
Kvantifikatsiyaning sonli, balli va boshqa usullar qullaniladi. Xavfning eng keng
tarqalgan soniy baholash mezoni-tavakkal(«risk»), tavakkalchilik, ya’ni xavf-
xatarga qarshi bormoqdir..
Soniy baholash-ma’lum davrdagi faoliyat davomida yuzaga kelgan ko‘ngilsiz
oqibatlarni oldindan ehtirom qilingan, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfga,
ko‘ngilsiz oqibatlarga nisbatidir. Tavakkalni aniqlashda oqibatlarning sinfi
ko‘rsatilishi lozim.
Xavfning identifikatsiyasi. Xavf potensial, ya’ni yashirin xarakterga ega.
Shu sababli, hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlashda xavfni oldindan aniqlash
muhim rol o‘ynaydi. Identifikatsiya –xavfni va uning soniy hamda vaqtli
ko‘rsatkichlarini
aniqlash
jarayoni
bo‘lib,
uning
soniy
hamda
vaqtli
ko‘rsatkichlarini aniqlash jarayoni bo‘lib, uning natijasida hayot faoliyat
xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
1.2.Sabab va oqibat Potensial xavf yuzaga keladigan, amalga oshadigan sharoitlar baxtsiz
hodisalarning sabablari dyeiladi. Baxtsiz hodisalar turli xil ya’ni jarohatlar,
shikastlanishlar, kasallanishlar va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Xavf, sabab va oqibat-baxtsiz hodisalarni, favqulodda holatlarni,
yong‘inlarni va shu kabi boshqa ko‘ngilsiz hodisalarni asosiy xarakteristikasi
hisoblanadi. «Xavf – sabab – ko‘ngilsiz oqibatlar» - bu logic rivojlanish jarayoni
bo‘lib, yashirinxavfni yuzaga chiqishiga hamda real zarar keltiribchiqarishga olib
keladi. Quyida yuqoridagi uchlikka misol keltiramiz:
Elektr toki(xavf) – qisqa tutashuv (sabab) – kuyish (oqibat);
Pestisidlar (xavf) –to‘g‘ri foydalanmaslik (sabab) – zaharlanish(oqibat).