171
Kimyoviy moddalar ta'sirida kuyish ishlab chiqarishda ham, uy sharoitida
ham ro‘y berishi mumkin. Bunday kuyish oqartiruvchi moddalar, suv oqib chiqib
ketadigan
quvurlar, vanna, hojatxonani tozalash vositalari, bo‘yoqni yuvib
ketkazuvchi moddalar yoki bog‘dorchilikda ishlatiladigan
kimyoviy moddalar
ta'sirida yuzaga kelishi mumkin.
Kimyoviy modda teriga ta'sir etib turar ekan,
kuydirishda davom etaveradi. Shuning uchun bunday modda teriga tushsa, uni
darhol bartaraf etish chorasini ko‘rish kerak.
Buning uchun:
1. Quruq kimyoviy moddalarni himoyalangan qo‘l bilan teridan sidirib tashlanadi.
2. Kuygan joyni kamida 20 minut davomida sovuq suv quyib yuvib tashlanadi.
Yuqori bosimli oqimdan foydalanmaslik kerak, chunki
bu kuygan teriga yanada
ko‘proq zarar keltirishi mumkin. Tez yordam yetib kelgunicha kuygan joyni yuvish
davom ettiriladi.
3. Jabrlanuvchidan kimyoviy modda tekkan kiyimini yechishni iltimos qilinadi.
4. Ko‘zga kimyoviy modda tushgan bo‘lsa, 20 minut davomida yoki tez yordam
yetib kelguniga qadar yuvish kerak. Kimyoviy modda sog‘ ko‘zga tushmasligi
uchun jarohatlangan ko‘zni
pastroq tutish, zararlangan ko‘zni bog‘lab qo‘yish
lozim.
Sovuq oldirish
Past harorat ta'sirida to‘qimalarning shikastlanishiga sovuq urishi
deyiladi. Sovuq urishining sabablari turli-tuman va ma'lum sharoitlarda (ortiqcha
namlik, tor va ho‘l
poyafzal, harakatsiz turish, uzoq vaqtgacha sovuqning ta'sir
qilishi, shamol, shikastlangan kishi umumiy ahvolining yomonligi-kasallik, qoq
suyak bo‘lib oriqlash, mastlik, qon yo‘qotish va hokazo) harorat,
hatto noldan
yuqori 3-7°C bo‘lganda ham sovuq urishi mumkin. Ko‘pincha qo‘l-oyoqning distal
bo‘limlarini (tanadan uzoq bo‘lgan qismi), quloq, burunni sovuq uradi. Sovuq
urganda odam avval sovqotadi, keyin bu karaxtlik bilan almashinadi, bunda og‘riq,
so‘ngra har qanday sezuvchanlik ham yo‘qoladi. Bunday og‘riq sezmaslik past
harorat ta'siri davom etayotganini bilintirmay qo‘yadi, bu aksari to‘qimalarda
tiklanmaydigan jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishiga sabab bo‘ladi.
Og‘ir-yengilligiga va chuqurligiga ko‘ra sovuq olishning to‘rt
darajasi farq
qilinadi. Uning darajasini shikastlangan kishini isitishdan keyin, ba'zan bir necha
kun o‘tgach aniqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: