173
haroratini 20-30 minut ichida asta-sekin 20° dan 40°C
gacha oshira borish mum-
kin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak.
Vannadan va ishqalashdan so‘ng shikastlangan sohani quritish (artish), steril
bog‘lam bog‘lash va issiq qilib o‘rab-chirmash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog‘
va malhamlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni
ancha qiyinlashtiradi.
Shikastlangan kishini umuman isitish bo‘yicha tadbirlar birinchi yordam
ko‘rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq kofe, choy, sut beriladi. Sovuq
urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam
hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo‘l qo‘ymaslik
kerak. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro‘y beradi.
Umumiy sovqotish va muzlash kuch-kuvvatini yo‘qotib, yo‘lda
adashib qolgan,
kasalliklardan tinka-madori qurigan yoki juda oriqlab ketgan kishilarda ro‘y
beradi. Ko‘pincha qattiq mastlik holatida bo‘lgan shaxslar muzlab qolishadi.
Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik,
uyquchanlik sezgisi paydo bo‘ladi. Tana harorati bir
necha gradusga pasayganda
behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta'sirining davom qilishi tezda
nafas olish va qon aylanishining to‘xtashiga olib keladi.
Birinchi yordam. Shikastlangan kishini, avvalo, iliq xonaga olib kirish, so‘ngra uni
isitish chorasini ko‘rish lozim. Asta-sekin isitish kerak. Yaxshisi, vannada isitgan
ma'qul. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Tananing hamma qismlarini birin-ketin
massaj qilinib, suvni asta-sekin 36°C gacha isitiladi. Teri pushti rangga kirgandan
va oyoq-qo‘llarning qotib qolishi yo‘qolgandan keyin tiriltirish bo‘yicha tadbirlar
o‘tkaziladi, sun'iy nafas oldiriladi, yurak massaj qilinadi. Bemor o‘zicha nafas ola
boshlagandan va es-hushi joyiga kelgandan so‘ng
uni karavotga olib yotqiziladi,
issiq qilib o‘rab qo‘yiladi, issiq kofe, choy, sut beriladi. Oyoq-qo‘llarning sovuq
urganligidan darak beradigan alomatlar bo‘lganda tegishli yordam ko‘rsatiladi.
Shikastlangan kishilarni albatta davolash muassasasiga olib borish kerak.
Transportda olib borishda ularnipg qaytadan
sovqotmasligi uchun hamma
choralarni ko‘rish shart.
Dostları ilə paylaş: