Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Kuyishda birinchi yordam ko‘rsatish 
Kuyish sabablarini bartaraf etgandan keyin ham yumshoq to‘qima kuyishda 
davom etib, yanada ko‘proq zararlanadi. Kuyish qattiq bo‘lmagan holatlarda 
kuygan joyni sovutish pufakchalar paydo bo‘lishining oldini olib, qattiq kuyishda 
to‘qimalarning zararlanishini kamaytiradi. 
Jabrlanuvchi his etayotgan og‘riqning kuchli-kuchsizligiga qarab kuyish 
darajasi haqida xulosa chiqarilmaydi. Chunki kuyish oqibati sifatida nerv uchlari 
zararlangan bo‘lishi mumkin. Ko‘p hollarda kuygan joyni vrach ko‘zdan kechirishi 
kerak. 
Agar kuyish natijasida nafas olish qiyinlashsa, tananing bir necha joyi 
jarohatlangan bo‘lsa, bosh, bo‘yin, qo‘l panjalari, oyoq kafti yoki jinsiy a'zolar 
jarohatlangan bo‘lsa, bola yoki yoshi ulug‘ odam jabrlangan bo‘lsa, ximiyaviy 
moddalardan kelib chiqqan va portlash yoki elektr toki urishi oqibati bo‘lsa, tez 
yordam chaqirish kerak. 
Birinchi va ikkinchi darajali kuyishda
kuygan joyni suvga tiqib yoki unga 
suv quyib sovutiladi, biroq suv haddan tashqari sovuq bo‘lmasligi kerak. 
Zararlangan joyni sovutgach, infektsiya tushishi, havo tegishiga yo‘l qo‘ymaslik 
hamda og‘riqni yengillashtirish uchun toza salfetka o‘raladi. 
Pufakchalarni yorish mumkin emas, chunki terining butunligi infektsiya 
tushishidan saqlaydi. Pufakchalar o‘zi yorilgan bo‘lsa, zararlangan joyni 
jarohatlangandagi kabi, sovunlab yuvib, sterillangan bog‘lam bog‘lanadi.
Uchinchi darajali kuyishda
tez yordam chaqiriladi va nafas yo‘llari yoki 
o‘pka kuyganidan gumon qilinsa, nafas olinishini muntazam kuzatib boriladi. 
(Nafas yo‘llari kuysa, shishib, jabrlanuvchining nafas olishini qiyinlashtirib 
kuyishi mumkin). Ikkilamchi ko‘zdan kechirishda, kuyganlikni ko‘rsatuvchi 
bironta qo‘shimcha belgi bor-yo‘qligini tekshiriladi. Kuygan joyga ho‘llangan 
sochiq yoki boshqa bironta mato bosiladi. Bu kompress ustiga suv quyib, uni doim 
sovuq tutib turiladi. Aks holda darrov isib, qurib qoladi. Uchinchi darajali kuyish 
shok holatiga olib kelishi mumkin. Agar jabrlanuvchi nafas olishda 
qiynalmayotgan bo‘lsa, undan yotib olishini iltimos qilinadi. Kuyishdan jabrlangan 
odam, odatda, titraydi. Uning tana haroratini bir xilda tutib turish lozim
9

Agar kuygan joy katta bo‘lsa, butun jarohatlangan joyni birvarakay 
sovutishga urinmaslik kerak, bu hol jabrlanuvchi tana haroratining umumiy 
pasayib ketishiga olib kelishi mumkin. Kuygan joyning bir qismini sovutib, qolgan 
joyiga toza mato yopib qo‘yiladi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin