172
pufakchalar hosil bo‘ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi,
terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha
saqlanib qolishi mumkin, biroq
ayni vaqtda birmuncha og‘riq bo‘lishi qayd qilinadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro‘y beradi: tana harorati
ko‘tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi.
Ikkilamchi infektsiya
rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari
granulyatsiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko‘chib tushadi.
Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko‘kimtir, sezuvchanligi past bo‘lib qoladi.
Sovuq urishining III darajasi
da qon ta'minotining buzilishi (tomirlar
trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to‘qimalarning har xil chuqurlikda
nekrozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog‘li chuqur shikastlanganlik asta-
sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to‘q
qo‘ng‘ir rangli suyuqlik bilan to‘lgan pufakchalar paydo bo‘ladi.
Terining
nekrozga uchragan qismi atrofida yallig‘langan gardish (demarkatsion chiziq)
paydo bo‘ladi. Chuqur to‘qimalarning shikastlari 3-5 kun o‘tgach, avj olayotgan
nam gangrena ko‘rinishida aniqlanadi. To‘qimalarning
sezuvchanligi butunlay
yo‘qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og‘riqdan nolishadi.
Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar bir muncha ko‘p yuzaga
chiqadi. Intoksikatsiya bemorning qattiq titrab-qaqshashi va terlashi, kayfiyatining
buzilishi, atrofdagi hodisalarga befarq qarashida ko‘rinadi.
Dostları ilə paylaş: