Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə163/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Shina qo‘yishda quyidagilarga rioya qilinadi: 
1.
Shikastlangan joy holatini o‘zgartirmasdan taxtakachlanadi 
2.
Ham shikastlangan joy, ham undan yuqorida va quyida joylashgan 
bo‘g‘imlar qo‘shib taxtakachlanadi 
3.
Taxtakachlashdan oldin ham, keyin ham tananing shikastlangan qismidagi 
qon aylanishini tekshiri, shikastlangan qo‘l yoki oyoq barmoqlarini 
tekshirish, ular ushlaganda iliq va tirnog‘i yoni pushti rang bo‘lishi lozim. 
Uvishgani to‘g‘risida shikoyat bo‘lsa, bog‘lam bo‘shatiladi. 
4.
Taxtakachni 
shikastlangan 
joyning 
yuqorisidan 
hamda 
quyisidan 
mahkamlab qo‘yish lozim. 
Ochiq siniqdan tashqari har qanday shikastlanishda muz qo‘yiladi. Sovuq 
og‘riqni kamaytirib, shishni pasaytiradi, chunki u qon tomirlarini toraytiradi. 
Odatda, sovuq narsa har soatda 15 minutdan qo‘yiladi
8
. Zarur bo‘lgan hollarda 
shikastlanishdan keyingi dastlabki ikki kecha-kunduz davomida shunday qilinadi. 
Teri qoplamini muhofaza qilish uchun muz kompress bilan teri orasiga doka 
yoki mato qatlami qo‘yiladi. Muzni polietilen paketga solib hamda uni ho‘llangan 
sochiqqa o‘rab kompress qilish ham mumkin. Ochiq sinishda sovuq kompress 
qo‘yilmaydi, chunki singan joyga bosim bilan ta'sir ko‘rsatish og‘riqni keltirib 
chiqaradi. Boylam va muskullar cho‘zilganda, shish qaytgach (odatda, 2-3 kundan 
so‘ng), shikastlangan qismga qon oqimini kuchaytirish uchun iliq kompress 
qo‘yiladi. Shunda bitish jarayoni tezlashadi. 
Shikastlangan joyni ko‘tarib qo‘yish qon oqimini sekinlashtiradi, bu o‘z 
navbatida shishni kamaytiradi.
 
4.KUYISH. SOVUQ OLDIRISH. 
Kuyish, odatda, yumshoq to‘qimaning yuqori harorat, kimyoviy moddalar, 
elektr toki yoki quyosh nurlari ta'siri ostida zararlanishidir. 
Kuyishda, dastavval terining ustki qatlami-epidermis zararlanadi. Kuyish 
kuchayib borsa, terining quyi qatlamlari ham zararlanadi. Kuyish jarayonida teri 
qoplamining yaxlitligi buziladi, oqibatda zararlangan joyga infektsiya tushishi, 
suyuqlik 
yo‘qotilishi 
yoki 
zararlangan 
sohaning 
harorat 
me'yori 
8
Rui Manuel da Torre Vieito, Sergio Alexandre Neves Gulmaraes, Advanced Training Manual for First-Aid. 
Junho 2008. 


169 
(termoregulyatsiya) buzilishi mumkin. Kuyish chuqur kechsa, to‘qimaning quyi 
qatlamlari, nafas sistemasi va ko‘z ham zararlanishi mumkin. 
Kuyishning qattiq yoki yengilligi haroratga, kuyishga olib kelgan sababga 
ta'sir qanchalik uzoq davom etganligiga, badanning qayerida ekanligiga, qanaqa 
ko‘lamda kuyganligiga, kuyish chuqurligiga, jabrlanuvchining yoshiga va uning 
salomatligining ahvoliga bog‘liq bo‘ladi. Odatda, 60 yoshdan oshganlar, 5 yoshdan 
kichik bolalar hamda surunkali kasallar kuyishga boshqalarga nisbatan kam 
chidashadi. 
Kuyish uni keltirib chiqargan sabablarga hamda badanni qanchalik chuqur 
zararlantirganligiga ko‘ra: birinchi darajali (yuzaki, yengil), ikkinchi darajali 
(o‘rtacha darajada chuqur zararlagan) hamda uchinchi darajali (chuqur 
zararlagan)ga bo‘linadi. 
Birinchi darajali kuyishda terining ustki qatlami zararlanadi. Teri qizarib, 
quruq va og‘riqli bo‘ladi. Kuygan joy shishishi mumkin. Birinchi darajali kuyish, 
odatda, chandiq qoldirmay, 5-6 kun ichida tuzalib ketadi. 
Ikkinchi darajali kuyishda terining har ikki qatlami — epidermis va derma 
zararlanadi. Bunga yuqori harorat yoki quyoshning kuchli ta'siri, shuningdek 
ximiyaviy moddalar sabab bo‘ladi. Teri qizarib, pufakchalar bilan qoplanadi. Bu 
pufakchalar yorilib, ichidan tiniq suyuqlik oqib chiqib, terini ho‘llaydi. Kuygan 
teri dog‘li bo‘lib ko‘rinishi mumkin. Bunday kuyish og‘riqli bo‘lib, kuygan joy 
shishib ketadi. Odatda, kuygan joy uch-to‘rt haftada, ba'zan chandiq hosil qilib 
tuzaladi. 
Uchinchi darajali kuyishda terining ikkala qatlami hamda ancha quyida 
joylashgan to‘qimalar — nervlar, qon tomirlar, yog‘, muskul va suyak to‘qimalar 
zararlanadi. Juda yuqori harorat, alanga, shuningdek elektr toki ta'sirida hamda 
yashin urganda uchinchi darajali kuyish ro‘y berishi mumkin. 
Bunday kuyishda teri ko‘mirlanib (qorayib) yoki mumsimon oqarib 
ko‘rinadi. Bu darajada kuyganda og‘riq kamroq bo‘ladi, chunki teri qatlamining 
nerv uchlari zararlanadi. Keng ko‘lamda uchinchi darajali kuyishda jabrlanuvchi 
suyuqlik yo‘qotgani uchun shok holatiga tushib, uning hayoti xavf ostida qolishi 
mumkin. Shuningdek infektsiya tushish ehtimoli ham bor. Uchinchi darajali kuyish 
natijasida badanda dag‘al chandiqdar paydo bo‘lib, ko‘pincha yangi teri ko‘chirib 
o‘tqazishga to‘g‘ri keladi. 
Kuyishning oldini olish yong‘inga qarshi havfsizlik choralarini ko‘rishdan 
boshlanadi. Buning uchun gugurtni bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash, 
bolalarni hech qachon qarovsiz qoldirmaslik, hujrada yong‘inda tez alanga olishi 
mumkin bo‘lgan materiallarni saqlamaslik, yashash joyda hech qachon benzin yoki 
tez alanga oladigan boshqa suyuqliklarni saqlamaslik, ovqat tayyorlayotganda 
kastryul dastaklari plitadan tashqariga chiqib qolmasligiga e'tibor berish, iloji 
boricha orqa gorelkalardan foydalanish, moy yoki yog‘ yonib ketsa, alangani suv 
bilan o‘chirishga urinmaslik, ochiq alanga yaqinida aerozol purkamaslik tavsiya 
etiladi.
Quyosh teriga zarar yetkazib, kuydirishi mumkin. Quyosh ostida uzoq vaqt 
bo‘lish teri raki (saraton) kasalligini va uning erta qarib qolishini keltirib chiqarishi 


170 
mumkin. Quyoshdan kuyishni bartaraf etish uchun ertalab soat 10 dan kunduzi soat 
15 gacha oftobda bo‘lmaslik, quyosh nurlarining haddan tashqari ta'siridan 
saqlanish uchun tegishlicha kiyinib yurish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin