162
nafas yo‘llaridan xuddi shampan shishasidagi po‘kak singari otilib chiqadi.
Qo‘llaniladigan usul jabrlanuvchining es-xushiga, yoshiga, go‘dak yoki
bolaligiga bog‘liq.
Qoringa turtish o‘pkadagi havo nafas yo‘llaridagi yot jismni surib
chiqarishga majburlab, yo‘tal qo‘zg‘aydi.
Semiz odamlar va homilador ayollar uchun boshqa usullar qo‘llaniladi.
Agar qoringa turtish uchun jabrlanuvchini quchoqlab olish imkoni bo‘lmasa yoki
agar jabrlanuvchi homilador ayol bo‘lsa, ko‘krakka turtki beriladi.
Ba'zi hollarda kattalarga bo‘g‘ilganda birinchi yordam ko‘rsatilayotganda
qorniga emas, balki ko‘kragiga turtiladi. Buning uchun bemorning orqasiga turib,
qo‘llarni jabrlanuvchining q’o‘ltig‘idan o‘tkazib, ko‘krak qafasini quchoqlab
olinadi. Qoringa turtgandagi kabi bir qo‘lni musht qilib, uni bosh barmoq
tomondan ko‘krakning o‘rta qismiga siqiladi. Musht qovurg‘alarda emas,
balki
ko‘krakning markazida bo‘lishi kerak. Mushtni ikkinchi qo‘lning kafti bilan ushlab
ichkariga yo‘nalgan holda turtiladi. Yot jism chiqib ketmaguncha, jabrlanuvchi
nafas olmaguncha, kuchli yo‘talmaguncha yoki es-xushini yo‘qotmaguncha
shunday turtishlar takrorlanadi.
Agar jabrlanuvchining yonida hech kim bo‘lmasa, u holda mustaqil ravishda
qoringa ikki xil usulda turtki berish mumkin. Bir qo‘lni musht qilib, uni bosh
barmoq tarafdan qorinning o‘rta qismiga, kindikdan bir oz yuqoriga, ko‘krak
chetidan ancha pastga bosiladi. Mushtni ikkinchi qo‘lning kafti bilan ushlab,
yuqoriga keskin turtki beriladi.
Yoki oldinga egilib, qandaydir qattiq jismga,
masalan, stulning suyanchig‘i, panjara-to‘siq yoki rakovinaga qorinni tirab,
ichkariga bosiladi.
Agar xushsiz yotgan jabrlanuvchida nafas yo‘llarining o‘tkaza olmay qolishi
tilning ichga botishi natijasida yuz bergan bo‘lsa, u holda boshni orqaga egib,
iyakni ko‘tarish yo‘li bilan nafas yo‘lining ochilishini ta'minlash mumkin. Agar
bunga to‘qimalarning shishganligi sabab bo‘lgan bo‘lsa, tezda tibbiy yordam
chaqirish lozim, chunki nafas yo‘lini ochishning boshqa yo‘li yo‘q. Boshni orqaga
egib, iyakni ko‘tarish usuli tomoqni tilning ichga botishiga to‘sqinlik qiluvchi
holatga keltiradi. Jabrlanuvchining yana qandaydir jarohat olganligi ehtimoli
bo‘lsa, uning nafasi bor-yo‘qligini tekshirmay turib, uni qo‘zg‘atilmaydi.
Jabrlanuvchi nafas olmayotgan bo‘lsa, bir qo‘l bilan boshi va bo‘ynini ushlagan
holda, ikkinchi qo‘l bilan uni orqasi bilan yotqiziladi. Shundan so‘ng bir qo‘l bilan
boshini
orqasiga egib, shu vaqtning o‘zida ikkinchi qo‘l bilan iyak ko‘tariladi.
Jabrlanuvchining burun teshiklarini siqib, uning o‘pkasiga ikki marta havo
puflanadi. Agar havo o‘pkaga ravon o‘tsa, jabrlanuvchining nafas yo‘llari ochiq
hisoblanadi.
Nafas yo‘llarini ochishning boshqa usuli boshni orqaga egmasdan pastki
jag‘ni ko‘tarishdan iborat. Bosh yoki umurtqa pog‘onasida jarohat bor - yo‘qligiga
shubha tug‘ilganda, har doim shu usul qo‘llaniladi. Avtomobil halokati,
balandlikdan ag‘darilish, suvga sho‘ng‘ish yoki sport mashg‘ulotlaridagi kabi
kuchli zarba ta'sirida shikastlangan jabrlanuvchida shunga o‘xshash jarohat
borligini taxmin qilish lozim. Bunday vaziyatda engakni ko‘targan holda boshni
163
orqaga egish usuli o‘rniga boshni orqaga egib pastki jag‘ni ko‘tarish yo‘li
qo‘llaniladi. Shunday qilinganda bosh va bo‘yin harakati minimal bo‘ladi.
Ikkala qo‘lning barmoqlari bilan pastki jag‘ning turtib chiqqan burchaklarini
ushlab, uni oldinga siljitiladi. Ikkala qo‘l bandligidan jabrlanuvchining burnini yuz
bilan yoki ikkala
bosh barmoq bilan berkitib, uning o‘pkasiga ikki marta havo
puflash mumkin.
Yot jism chiqib ketishi yoki jabrlanuvchi nafas olishi yoki yo‘tala boshlashi
bilanoq turtish va urishni to‘xtating. Yot jism nafas yo‘llaridan chiqib ketganligiga
ishonch hosil qilish kerak. U erkin nafas olayotgani yoki hali ham qiynalayotganini
aniqlash zarur. Qorin va ko‘krakka turtishlar ichki a'zolarga shikast yetkazishi
mumkinligidan jabrlanuvchini tekshirish uchun yaqin oradagi shifoxonaga
yuborish lozim.
Yot jism chiqib ketmaguncha, jabrlanuvchi nafas olmaguncha yoki kuchli
yo‘talmaguncha, jabrlanuvchi hushsiz bo‘lib qolguncha qoringa turtish davom
ettiriladi.
Bir yoshdan katta bo‘lgan bola bo‘g‘ilganda unga birinchi yordam katta
odamlarga ko‘rsatilganidek bo‘ladi. Albatta, bunda bolaning og‘irligi
va gavdasi
nazarda tutiladi. Shunga ko‘ra qoringa beriladigan turtki kuchi, tabiiyki, kattalarga
qo‘llaniladigandan ancha farq qiladi. Usulning boshqa tomonlari bir xil bo‘ladi. Bir
yoshdan kichik go‘dak bo‘g‘ilganda birinchi yordam ko‘rsatish ikki barmoq bilan
ko‘krakka turtish va orqa tomoniga kaft bilan urishdan iborat. Go‘daklarning
qorniga turtish mumkin emas.
Agar go‘dak bo‘g‘ilgan bo‘lsa go‘dakning yuzini pastga qilib to‘nkariladi,
uning boshi va bo‘ynini ushlab, boshini gavdasidan pastda qilib, bilak ustiga
yotqiziladi va yuzini pastga qilib to‘nkariladi. So‘ng orqasiga 5 marta urib-urib, uni
qo‘lga olib son ustida tutiladi. Ikkinchi qo‘l kafti bilan go‘dakning kuraklari
o‘rtasiga 5 marta keskin urib-urib qo‘yiladi.
Bu usul yot jism chiqib ketmaguncha, go‘dak yig‘lamaguncha, nafas
olmaguncha yoki kuchli yo‘talmaguncha va go‘dak xushini yo‘qotmaguncha
davom ettiriladi.
Hushidan ketgan go‘dakka nafas yo‘llari butunlay o‘tkaza olmay qolganida
birinchi yordam ko‘rsatishdan avval go‘dakning
hushi joyidaligi tekshiriladi,
baland ovoz bilan go‘dakning nomini aytib chaqiriladi, agar sezmasa, badanini
chimchilab ko‘riladi.
Agar go‘dak nafas olmasa, 2 marta puflash o‘tkaziladi. Buning uchun
boshini orqasiga egib turib, go‘dakning og‘zi va burnini lab bilan yaxshilab yopib,
1-1,5 sekund davomida 2 marta puflash o‘tkaziladi. O‘pkaga nafas o‘tayotganiga
ishonch hosil qilish uchun ko‘krak qafasining ko‘tarilishini kuzatib turiladi.
Agar havo shunda ham o‘pkaga o‘tmasa tez yordam chaqiriladi. Go‘dakning
yuzini pastga qilib to‘nkarib, uning boshi va bo‘ynini ushlab, uni bilak ustiga
qo‘yib, yuzini pastga qaratib (boshi gavdasidan pastda bo‘lsin), orqasiga 5 marta
urib-urib qo‘yiladi. So‘ng go‘dakni orqasi bilan yotqizib, boshi va bo‘ynini ushlab,
go‘dakni tizza
ustiga orqasi bilan yotqizib, boshini gavdasidan pastda qilib
ushlanadi. Ko‘krakka 2 sm chuqur botadigan qilib 5 marta turtiladi. Og‘iz
164
bo‘shlig‘ida yot jismlar borligi tekshiriladi. Buning uchun bosh barmoq bilan tilini
pastki jag‘ga tomon bosib, uni bir oz siljitiladi.
Agar og‘izda yot jism bor bo‘lsa, bukilgan barmoq bilan uni bir harakat
bilan olib tashlash kerak. Nafas yullarini ochib, 2 marta puflanadi. Buning uchun
go‘dakning boshini orqasiga egib, iyagi bir oz ko‘tariladi. Lab bilan go‘dakning
og‘zi va burnini yaxshilab berkitib, 1-1,5 sekund davomida 2 marta puflanadi.
Agar havo o‘pkaga o‘tmasa, quyidagi holatlar yuz bermaguncha orqasiga
urib-urib qo‘yish, ko‘krakni turtish va og‘izga puflash ketma-ketligi takrorlanadi:
•
yot jism chiqib ketmaguncha,
• go‘dak nafas ola boshlaguncha yoki yo‘tala boshlaguncha,
• tez yordam yetib kelguncha.
Agar havo o‘pkaga o‘tayotgan bo‘lsa, nafas va tomir urishi bor-yo‘qligi
tekshiriladi.
Dostları ilə paylaş: