Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Ishlovchilarning hayot faoliyati havfsizligiga doir huquqlarini ruyobga



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə210/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Ishlovchilarning hayot faoliyati havfsizligiga doir huquqlarini ruyobga 
chiqarishdagi kafolatlari

Mehnat shartnomasi (bitimi) shartlari mehnatni muhofaza qilishga oid
qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlarning talablariga muvofiq bo‘lishi shart. 
Fuqarolarni ularning salomatligiga zid bo‘lgan ishga qabul qilish man qilinadi. 
Ma’muriyat xodimni kasb kasalligining paydo bo‘lish ehtimoli yuqori
darajada ekanligi oldindan ayon bo‘lgan ishga qabul qilayotganda uni bu haqida 
ogohlantirishi shart. 
Korxona sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan belgilangan tartibga
muvofiq ravishda bir qator kasblar va ishlab chiqarishlarning xodimlarini mehnat 
shartnomasini imzolash paytida-dastlabki tarzda va mehnat shartnomasi amal 
qiladigan davrda vaqti-vaqti
bilan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishni tashkil qilishi shart.
Xodimlar 
tibbiy 
ko‘riklardan 
o‘tishdan 
bosh 
tortishga 
haqli 
emaslar.Xodimlar tibbiy ko‘riklardan o‘tishdan bosh tortsalar yoki o‘tkazilgan
tekshirishlarning natijalari bo‘yicha tibbiy komissiyalar beradigan tavsiyalarni 
bajarmasalar, ma’muriyat ularni ishga qo‘ymaslik xuquqiga egadir. 
Xodim, agar u o‘zining salomatligi yomonlashishi mehnat sharoiti bilan
bog‘liq deb hisoblasa, navbatdan tashqari tibbiy ko‘rik o‘tkazilishini talab qilish 
xuquqiga ega. 
Tibbiy ko‘riklarni o‘tkazish paytida xodimning ish joyi (lavozimi) va
o‘rtacha ish haqi saqlanadi. Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilishning 
zamonaviy vositalarini joriy etilishi va ishlab chiqarishda jarohatlanish hamda 
kasb kasalliklarining oldini oladigan sanitariya-gigiena sharoitlarini ta’minlashi 
shart. 
Xodimning salomatligi yoki hayotga xavf tug‘diruvchi vaziyat paydo
bo‘lganda, u bu haqda zudlik bilan ma’muriyatga xabar qiladi, bu hol nazorat 
organlari tomonidan tasdiqlangan taqdirda ma’muriyat ishni to‘xtatishi va
xavfni bartaraf etish chorasini ko‘rishi shart. Ma’muriyat tomonidan zarur 
choralar ko‘rilmagan taqdirda, xodim ishni xavf


235 
bartaraf etilgunga qadar to‘xtatib turishga haqlidir va unga hech qanday intizomiy 
jazo berilmaydi. 
Ma’muriyat, agar mehnatni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan
tasdiqlangan, xodimning hayoti va salomatligi uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri jiddiy 
xavf hamon saqlanib turgan bo‘lsa, undan ishni qayta boshlashni talab qilishga
haqli emas va xodimga ish to‘xtatib turilgan butun davr uchun barcha
moddiy ziyonni to‘lashi shart. 
Ma’muriyat mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonunlarni buzgan va 
bu nazorat qiluvchi idoralar tomonidan tasdiqlangan taqtirda, mehnat 
shartnomasi xodimning arizasiga ko‘ra unga ishdan bo‘shaganda beriladigan 
pul to‘langani xolda, istalgan paytda bekor qilinishi mumkin.Xodimda kasb 
kasalligi belgilari aniqlangan taqdirda ma’muriyat tibbiy hulosa asosida uni
ixtisosini o‘zgartirgunga qadar o‘rtacha oylik ish haqi saqlangan holda boshqa 
ishga o‘tkazishi lozim.
Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari o‘z kasblari
va ish turlari bo‘yicha davlat nazorat idoralari belgilagan tartib va
muddatlarida o‘qishlari, yo‘l-yo‘riqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan
o‘tkazishlari hamda qayta attestatsiyadan o‘tishlari shart. 
Ma’muriyat barcha yangi ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga
o‘tkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini o‘rgatishni 
tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga
yordam ko‘rsatish bo‘yicha yo‘l -yo‘riqlar berishlari shart. 
O‘ta xavfli ishlab chiqarishlarga yoki kasbiy tanlov talab qilinadigan
ishga kirayotgan xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
imtihonlar topshiriladigan va keyin vaqti-vaqti bilan qayta attestatsiyadan 
o‘tiladigan o‘quv o‘tkaziladi. 
Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha belgilangan tartibda o‘qitish, yo‘l-
yo‘riqlar berish va bilimlarni tekshirishdan o‘tmagan shaxslarni ishga qo‘yish 
taqiqlanada.
Ma’muriyat xodimlarning mehnatni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha 
malakasi muntazam oshirib borilishini ta’minlashi shart. 
Korxona xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va
muhofaza qilinishi, bunda lozim bo‘lgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va 
tovon pullari to‘g‘risida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, ma’muriyat esa
ularga bunday axborotni
berishi shart. 
Xodimlarning ayrim toifalari (xotin-qizlar, yoshlar, mehnat qobiliyati
cheklangan shaxslar) shuningdek mehnatning og‘ir va zararli sharoitlarida 
ishlovchi xodimlar uchun mehnatni muhofaza qilish sohasidagi munosabatlarni
tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlari O‘zbekiston Respublikasi qonunlari 
bilan belgilanadi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin