233
Salomalikka putur etkazadigan baxtsiz xodisalar ishlab chiqarish
xodisalari yoki maishiy hisoblanadi.
Ish beruvchi faqat ishlab chiqarish baxtsiz xodisalari uchun javobgardir.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq baxtsiz xodisalar quyidagilardan iborat:
-ular tomonidan mehnat vazifalari (shu jumladan xizmat safarlari xam) ni
bajarish, shuningdek ish beruvchi topshirig‘isiz xam korxona manfaatlari
doirasida biror bir xalokatlarni
amalga oshirayotganda;
-korxona transportida ishga yo‘l olayotganda yoki ishdan qaytayotganda;
-belgilangan tanaffuslardan tortib butun ish vaqti mobaynida korxona
xududi yoki boshqa ish joyida;
-o‘tqazilish joyidan qat’iy nazar shanbalik o‘tqazilayotgan vaqtda;
-ishlab chiqarishda yuz bergan avariyalarda;
-ish vaqtida xizmat ob’ektlari o‘rtasidagi xarakat bilan faoliyati bog‘liq
xodim bilan jamoat transportida yoki piyoda, shuningdek ish beruvchining
topshirig‘iga ko‘ra, ish joyiga ketayotganida;
-ish vaqtida xizmat safarlari yoki ish beruvchining topshirig‘iga ko‘ra,
shaxsiy
engil transportda;
-ish vaqtida boshqa shaxs tomonidan tanaga shikast etkazish, yoki
mehnat vazifasini bajarayotganida xodimning qasddan o‘ldirilishi.
Faqat o‘z o‘limi, tabiiy jon berio‘ xodisalari, shuningdek, jinoyatlar
qilayotganda o‘sha jabrlanuvchilar tomonidan jaroxatlar inobatga olinmaydi.
Ish beruvchining javobgarligi qanday vaziyatlarda baxtsiz xodisa ro‘y bergani va
etkazilgan zararga bog‘liq.
1. Agar zarar yuqori xavfsizlik manbai tomonidan etkazilgan bo‘lsa, ish
beruvchi voqea tabiiy ofat oqibatida, yoki jarblanuvchi g‘arazi yoki uning
qo‘pol
extiyotkorsizligi tufayli, bo‘lganini isbotlay olmasa, u etkazilgan zararni
to‘liq miqdorda qoplashi kerak.
Masalan, metall qirquvchi uskunada ishchi qo‘liga shikast etdi. Ish
beruvchi tomonidan Mehnat muxofazasi va Texnika Xavfsizligi buzilmadi.
Jaroxat ishchining oddiygina extiyotkorsizligi natijasida kelib chiqdi. Baxtsiz
xodisa yuqori xavflilik manbai
(uskuna) ta’sirida yuz bergani bois ish beruvchi o‘z aybi bo‘lmasada,
zararni to‘liq qoplashi zarur.
Ishchining qo‘pol extiyotkorsizligi xolatida ish beruvchi va ishchi
aralash javobgar bo‘ladi. Mazkur xolatda qoplash xajmi kamaytiriladi.
Extiyotkorsizlikning qandayligi (qo‘pol va yoki oddiy) vaziyatlar
inobatga olinib, xar bir aniq xodisada xal qilinadi. Bunda jabrlanuvchining
yoshi, malakasi,
jismoniy axvoli va xokazolar, xamda baxtsiz xodisaning aniq
vaziyati hisobga olinadi.
Masalan, agar ish bo‘yicha katta xamkasabalari misolida, yosh ishchi
ximoya ko‘zoynaklarini ko‘zidan olib qo‘ydi, u extiyotkorsizlik bo‘ladi. Biroq
qo‘pol extiyotkorsizlikka yo‘l qo‘ymadi. Uning texnika xavfsizligi bo‘yicha
talablari va usta tanbexlariga qarshi borgan tajribali xamkasabalari qattiq
xarakatlarini qo‘pol extiyotkorsizlik deb hisoblash mumkin.
234
Ish beruvchi doimo jabrlanuvchiga ko‘ra, baxtsiz xodisani oldini olishda
katta imkoniyatlarga ega. Aynan, u xodimlar xavfsizligini ta’minlashga
javobgardir.
2. Agar zarar yuqori xavflilik manbai tomonidan etkazilmagan bo‘lsa, ish
beruvchi faqat aybi bo‘lsagina javob beradi. Masalan, do‘kon sotuvchisi
yordamchi xonalar o‘rtasida to‘kilgan o‘simlik yoog‘idan
toyib ketdi va
yiqilishida jaroxat oldi, deylik. Baxtsiz xodisa yuqori xavflilik manbai bilan
bog‘liq emas. Demak, ish beruvchiga zarar uchun javobgarlikni yuqlashdan
avval uning aybini aniqlab olish zarur. Ayb esa shundaki, ish xavfsiz
axvolda emas edi. Agar ish muvofiq axvolda bo‘lganida edi, ish beruvchining
bunda aybi xam bo‘lmasdi va u zararni qoplashga majbur xam boshlmasdi.
Kasbiy
kasallik, odatda, yuqori xavflilik manbai ta’sirida yuzaga keladi,
bu xolatda ish beruvchining aybini isbotlashning xojati yuq, faqat bu
xastalikning mehnat majburiyatlari ijrosi bilan bog‘liqlik jixatini aniqlash zarur.
Dostları ilə paylaş: