229
kasaba uyushmalari va boshqa jamoat birlashmalari, korxonalar va
alohida shaxslar
mehnatini muhofaza qilishni ta’minlashga qaratilgan faoliyatini har tomonlama
qo‘llab quvvatlash;
mehnatni muhofaza qilish muammolarini hal etish chog‘ida
halqaro
hamkorlikni yo‘lga qo‘yish prinsplariga asoslanadi;
korxonalar, mutaxassislar, fuqarolar mehnatini muhofaza qilish
muammolarini
hal etish uchun
O‘zbekiston Respublikasining jamoat birlashmalari to‘g‘risidagi qonunga
muvofiq amal qiladigan jamoat birlashmalariga uyushishlari mumkin.
Davlat va xo‘jalik boshqaruvi idoralari, nazorat qilish idoralari,
shuningdek, korxonalar bu birlashmalarga har
tomonlama yordam va madad
ko‘rsatadilar hamda mehnatni muhofaza qilishni ta’minlash masalalari bo‘yicha
qarorlar tayyorlash va qabul qilishda ular ishlab chiqqan nizomlar va
tavsiyalarni hisobga oladilar.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalari va fuqarolari xalqaro shartnomalar va
bitimlar asosida ishlarni bajarayotganlarida, mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha
ularda ko‘zda tutilgan talablar agar o‘zgacha shartlashilmagan bo‘lsa,
ushbu
Qonunga O‘zbekiston Respublikasining «Mehnat to‘g‘risida» gi Qonunlaridan
qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi korxonalarda ishlayotgan chet el fuqarolari uchun
mehnatni muhofaza qilish masalalariga doir munosabatlarni tartibga solishning
o‘ziga xos xususiyatlari manfaatdor tomonlarning o‘zaro
bitimlari bilan
belgilab qo‘yiladi
Dostları ilə paylaş: