223
Besh va o‘ndan ziyod kishi o‘lgan baxtsiz hodisalar O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarori asosida tuzilgan komissiya tomonidan tekshiriladi.
Maxsus tekshirish komissiyasi 15 kun mobaynida baxtsiz hodisani tekshirib
chiqadi, korxona (bo‘limi, sex)dagi mehnatni muhofaza qilish ahvolini agar zarur
bo‘lsa, tarmoqning boshqa korxonalarida
ham tekshirishni tashkil etadi, maxsus
tekshirish dalolatnomasini tuzadi hamda «Nizomda» ko‘zda tutilgan boshqa hujjatlarni
rasmiylashtiradi.
Komissiya a`zolari jabrlanuvchilar yoki ularning oila a`zolari bilan uchrashuvlar
tashkil etadilar, zurur bo‘lsa, tegishli organlarga takliflar
kiritadilar yoki iqtisodiy
tusdagi yordam masalalarini joyida hal qiladilar, jabrlanuvchiga yoki o‘lganning oila
a`zolariga ularning huquqlarini tushuntiradilar.
Kasaba uyushmalarining (bosh) mehnat texnik nazoratchisi bu masala bo‘yicha
o‘zining alohida fikrini bildirishi mumkin.
Texnik hisoblashlar,
laboratoriya tadqiqotlari, sinovdan o‘tkazish va taklif
qilishgan mutaxassislar amalga oshirayotgan boshqa ishlar,
shuningdek, transport va
aloqa vositalar xarajatlarini baxtsiz hodisa yuz byergan korxona to‘laydi.
Komissiya a`zolari tekshirish davomida ish beruvchidan, korxona va uning tarkibiy
bo‘linmalari
rahbarlari, guvohlar va boshqa shaxslardan yozma hamda og‘zaki
tushuntirishlar olishga haqlidir.
Baxtsiz hodisa yuz byergan korxona ish beruvchisi (yuqori turuvchi xo‘jalik organi
rahbari) maxsus tekshirish materiallarini zudlik bilan ko‘rib chiqishga, baxtsiz hodisa
kelib chiqishi sabablarini bartaraf etish to‘g‘risida komissiya
taklif qilgan chora-
tadbirlarni bajarish haqida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘yicha
lavozimi va kasbiga oid vazifalarning bajarilmasligiga (buzilishiga) yo‘l qo‘ygan
shaxslarni javobgarlikka tortish haqida buyruq chiqarishga majburdir.
«Tasdiqlayman»
H-1 shakl.
Dostları ilə paylaş: