Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi


jabrlanuvchiga zudlik bilan yordam ko‘rsatishi va uni tibbiy sanitariya qismiga 
yoki boshqa davolash muassasasiga yetkazishni tashkil etishi; 

tekshirish komissiyasi ish boshlashiga qadar ish joyidagi vaziyatni va jihozlar 
holatini, hodisa yuz byergan daqiqada qanday bo‘lsa shundayligicha (agar bu atrofdagi 
xodimlar hayoti salomatligiga tahlika solmayotgan bo‘lsa va halokatga olib kelmasa) 
saqlab turishi zarur. 
Baxtsiz hodisa yuz byergan joydagi korxona rahbari darhol hodisa to‘g‘risida ish 
beruvchiga va kasaba uyushmasiga yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organiga 
xabar qilishi shart. 
2.Korxonaning tibbiy-sanitariya qismi (shifoxona) bir sutka ichida yordam so‘rab 
murojaat qilgan xodimlar shu jumladan, xizmat safaridagi va korxona ishlab chiqarish 
obyektlarida ish bajarayotgan xorijiy tashkilot xodimlari bilan yuz byergan har bir 
baxtsiz hodisa haqida ish beruvchiga, kasaba uyushmasiga yoki xodimlarning boshqa 
vakillik organiga xabar beradi. 
3.Ish beruvchining buyrug‘iga ko‘ra ish beruvchi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi 
vakillari yoki xodimlarning boshqa vakillik organi tarkibida komissiya tuziladi. Ishlab 
chiqarishdagi mehnat xavfsizligiga bevosita javob beruvchi rahbar baxtsiz hodisani 
tekshirishda ishtirok etmaydi. 
4.Komissiya: – uch sutka ichida baxtsiz hodisani tekshirib chiqishi, guvohlar va mehnat 
muhofazasi qoidalari, mehnat xavfsizligi andozalarining buzilishiga yo‘l qo‘ygan shaxslarni 
aniqlab so‘roq qilishi, imkon bo‘lsa, jabrlanuvchidan tushuntirish xati olishi; 

baxtsiz hodisa sabablarini yo‘qotish chora-tadbirlari ko‘rsatilgan H-
1shaklidagi dalolatnomani kamida uch nusxada tuzishi va imzo chekib, ularni 
tasdiqlash uchun ish beruvchiga berishi kerak. 
5.Ish beruvchi ishlab chiqarishda baxtsiz hodisani keltirib chiqargan sabablarni 
bartaraf etish choralarini ko‘radi va tekshirish tamom bo‘lgandan so‘ng uch sutka 
davomida tasdiqlangan H-1shakldagi dalolatnomalarni: 


221 

jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga, tekshirish 
materiallari bilan korxonaning mehnatni muhofaza qilish xizmati rahbari (muhandisi, 
mutaxassisi)ga, davlat texnika nazoratchisiga yuboradi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin