Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


 H-1 shakldagi dalolatnomani to‘ldirish tartibi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə202/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

1.2. H-1 shakldagi dalolatnomani to‘ldirish tartibi 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa natijasida xodimning mehnat qobiliyati 
kamida bir kunga yo‘qotilsa yoki tibbiy xulosaga muvofiq yengilroq boshqa ishga 
o‘tishi zarur bo‘lsa, H-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi (1-ilova). 
H-1 shakldagi dalolatnoma bilan rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisalar korxona 
tomonidan hisobga olinadi va maxsus daftarda qayd qilinadi. 
Mehnatni muhofoza qilish xizmati rahbari (muhandisi, mutaxassisi)ga tekshirish 
materiallari bilan yuborilgan H-1 shakldagi dalolatnoma 75 yil davomida saqlanishi 
lozim. Boshqa joylarga yuborilgan H-1 shakldagi dalolatnomalar va uning nusxalari 
ehtiyoj yo‘qolguncha saqlanadi. 
Agar korxona qayta tashkil etilsa, H-1 shakldagi dalolatnoma huquqiy vorisga 
korxonaning boshqa qiymatli qog‘ozlarini topshirish tartibida beriladi. Agar
korxona tugatilsa, H-1 shakldagi dalolatnoma korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik 
organiga beriladi. Agar korxonada yuqori turuvchi xo‘jalik organi bo‘lmasa, unda H-1 
shakldagi dalolatnoma viloyat (Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahar) 
ijtimoiy ta`minot bo‘limiga beriladi. 
Boshqa tashkilot tomonidan o‘sha tashkilot topshirig‘ini bajarish uchun yoki 
xizmat vazifasini ado etish uchun mazkur korxonaga jo‘natilgan xodim bilan yuz 
byergan baxtsiz hodisa shu baxtsiz hodisa yuz byergan korxona ish beruvchisi 
tomonidan tuzilgan komissiya tomonidan jabrlanuvchi ishlaydigan tashkilot vakili 
ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa jabrlanuvchi qaysi tashkilot xodimi bo‘lsa, 
o‘sha tashkilot tomonidan hisobga olinadi. 
Baxtsiz hodisa yuz byergan korxona H-1 shakldagi dalolatnomaning bir 
nusxasini baxtsiz hodisa sabablarini bartaraf etish uchun o‘zida olib qoladi, 3 ta 
tasdiqlangan nusxasini jabrlanuvchi xodimi bo‘lgan tashkilotga hisobga olish, saqlash 
va «Nizom»da ko‘rsatib o‘tilgan manzillarga jo‘natish uchun yuboradi. 
Ish beruvchi tekshirish tugaganidan so‘ng 3 sutkadan kechiktirmay 
jabrlanuvchiga yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxsga davlat tilida yoki 
boshqa maqbul tilda rasmiylashtirilgan baxtsiz hodisa to‘g‘risidagi H-1 shakldagi 
dalolatnomani berishi kerak. 
Ish beruvchi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida 
tekshirish hamda hisobga olish, H-1 shakldagi dalolatnomani tuzish, baxtsiz hodisa 
sabablarini bartaraf etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun 
javobgardir. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni to‘g‘ri va o‘z vaqtida tekshirish va 
hisobga olishni, shuningdek, baxtsiz hodisa kelib chiqishi sabablarini bartaraf etishga 
oid chora-tadbirlarning bajarilishini korxonaning yuqori turuvchi xo‘jalik organi, 
kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi, davlat mehnat 
texnika nazoratchisi, kasaba uyushmalarining mehnat texnik nazoratchisi (O‘zbekiston 
Kasaba 
uyushmalari 
Federatsiyasi 
kengashiga 
a`zo 
tashkilotlarda), 


222 
«O‘zsanoatkontexnazorat» davlat qo‘mitasi organlari (nazorat ostidagi obyektlarda) 
nazorat qiladi. 
Ish beruvchi H-1 shakldagi dalolatnomani tuzishdan bosh tortsa, jabrlanuvchi 
yoki uning manfaatlarini himoya qiluvchi shaxs H-1 shakldagi dalolatnoma 
mazmunidan norozi bo‘lsa, u kasaba uyushmasi qo‘mitasiga yoki korxona
xodimlarining boshqa vakillik organiga murojaat qiladi.
Kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki korxona xodimlarining boshqa vakillik organi 
10 kun muddat ichida baxtsiz hodisaning kelib chiqishi sabablarini o‘rganib chiqadi, 
mehnatni muhafaza qilish qoidalari va me`yorlari, mehnat xavfsizligi andozalari 
buzilishini aniqlaydi, zarur deb hisoblasa, ish beruvchidan H-1shaklidagi 
dalolatnomani tuzishni yoki qayta tuzishni talab qiladi. Ish beruvchi bu talablarni 
bajarmasa, korxona kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki boshqa vakillik organi davlat 
mehnat texnika nazoratchisiga murojaat qiladi. H-1 shakldagi dalolatnoma 
tuzilmaganligi yoki noto‘g‘ri tuzilganligi aniqlangan hollarda davlat mehnat texnika 
nazoratchisi ish beruvchidan H-1 shakldagi dalolatnomani tuzishni yoki boshqatdan 
tuzishni talab qilish huquqiga ega. Ish beruvchi davlat mehnat texnika nazoratchisi 
xulosasini bajarishga majbur.
Ish 
beruvchi 
bilan 
davlat 
mehnat 
texnika 
nazoratchisi 
o‘rtasidagi 
anglashilmovchilikni bosh davlat mehnat texnika nazoratchisi hal qiladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   198   199   200   201   202   203   204   205   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin