Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə200/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi


 
shanbalik (yakshanbalik) o‘tkazilayotganligida, qayerda o‘tkazishidan qat`i 
nazar, korxonalarga otaliq yordami ko‘rsatilayotgandagi; 


219 

 
ish vaqtida mehnat vazifasini bajarayotganda boshqa shaxs tomonidan tan 
jarohati yetkazilgandagi; 

 
smenali dam olishda bo‘lgan xodim bilan transport vositasi vaqtidagi shaharcha 
hududida yoki yollangan hududdagi (kuzatib boruvchi, smenali haydovchi, 
shuningdek, vaxta va ekspeditsiya usulida ishlayotganlar va boshqalar) baxtsiz 
hodisalar tekshiriladi va hisobga olinadi. 
Tabiiy o‘lim, o‘zini o‘zi o‘ldirish, jabrlanuvchining o‘z salomatligiga qasddan 
shikast yetkazishi, shuningdek, jabrlanuvchining jinoyat sodir qilish chog‘ida 
shikastlanish holatlari (sud-tibbiy ekspertiza xulosasi yoki tergov organlarining 
ma`lumolariga ko‘ra) tekshirilmaydi va hisobga olinmaydi. 
Ushbu «Nizom»:

ishlab chiqarishda ishlayotgan davrida sud hukmi bo‘yicha jazoni o‘tayotgan 
fuqarolarga; 

ish beruvchilarga; 

pudrat va topshiriqlarga ko‘ra fuqarolik huquqiy shartnomalar bo‘yicha ishlarni 
bajarayotgan shaxslarga: 

tabiiy va texnogen tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda qatnashayotgan 
fuqarolarga; 

agar maxsus davlatlararo bitimda o‘zgacha hol ko‘rsatilmagan bo‘lsa, yollanib 
ishlayotgan chet el fuqarolariga; 

qurilish, qishloq xo‘jaligi va harbiy xizmatni o‘tash bilan bog‘liq bo‘lmagan, 
o‘zga ishlarni bajarish uchun korxonaga yuborilgan harbiy xizmatchilarga, shu 
jumladan muqobil xizmatni o‘tayotgan harbiy xizmatchilarga; 

korxonada ishlab chiqarish amaliyotini o‘tayotgan talabalar va o‘quvchilarga ham 
tatbiq etiladi. 
Oliy o‘quv yurtlari talabalari, kollejlar, o‘rta maxsus o‘quv yurtlar, litseylar va 
umumta`lim maktablari o‘quvchilari bilan o‘quv-tarbiya jarayonida yuz byergan 
baxtsiz hodisalar Mehnat vazirligi bilan kelishilgan holda Xalq ta`limi vazirligi 
tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi.
Ishlab chiqarishda sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa ish beruvchining buyrug‘iga 
asosan, ish beruvchi vakillari hamda kasaba uyushma yoki xodimlarning boshqa 
vakillik organi a`zolaridan tashkil topgan komissiya tomonidan tekshiriladi. 
Komissiya a`zolarining har qaysisi baxtsiz hodisani tekshirish komissiyasi raisi 
bo‘lishi mumkin. Jabrlanuvchi bevosita bo‘ysunadigan va jabrlanuvchi uchun mehnat 
xavfsizligini ta`minlash vazifasi yuklatilgan rahbar (smena, sex boshlig‘i, usta va 
shunga o‘xshashlar) komissiya tarkibiga kiritilmaydi. 
Harbiy qism bilan korxona o‘rtasida shartnoma – bitim bo‘yicha xalq xo‘jaligi 
obyektlariga ishga jalb qilingan va uning ma`muriy texnik xodimi boshchiligida ish 
olib borayotgan harbiy qurilish otryadi (qismi) shaxsiy sostavi bilan yuz byergan 
baxtsiz hodisa ish beruvchi tomonidan harbiy qurilish otryadi (qismi) qo‘mondonligi 
ishtirokida tekshiriladi. Baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi.
Korxonadagi mehnatga jalb qilinib, ishni uning ma`muriy texnik xodimi 
boshchiligida bajarayotgan axloq tuzatish mehnat muassasasi (ATMM) da 
saqlanayotgan shaxslar bilan baxtsiz hodisa yuz bersa, u ATMM vakili ishtirokida ish 


220 
beruvchi tomonidan tekshiriladi va baxtsiz hodisa korxona tomonidan hisobga olinadi. 
ATMMda xo‘jalik ishlarini bajarayotgan shaxs bilan, shuningdek, o‘zining ishlab 
chiqarishida baxtsiz hodisa yuz bersa, u Ichki ishlar vazirligi va Sog‘liqni saqlash 
vazirligi tomonidan belgilangan tartibda tekshiriladi va hisobga olinadi. 
Korxona xodimi rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish 
bajarayotgan umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari va oliy o‘quv 
yurti talabalari bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar korxona tomonidan o‘quv yurti 
vakili bilan birgalikda tekshiriladi va korxona tomonidan hisobga olinadi. 
Korxona tomonidan ishlab chiqarish amaliyoti uchun ajratilgan uchastkada 
o‘qituvchilar rahbarligida ishlab chiqarish amaliyoti o‘tayotgan yoki ish bajarayotgan 
umumta`lim maktabi, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari yoki oliy o‘quv yurti talabalari 
bilan yuz byergan baxtsiz hodisalar o‘quv yurtlari tomonidan korxona vakili bilan 
birgalikda tekshiriladi va o‘quv yurti tomonidan hisobga olinadi. 
Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisani va xodimlar salomatligining boshqa xil 
zararlanishlarini tekshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 
1.Ishlab chiqarishdagi har bir baxtsiz hodisa haqida jabrlanuvchi yoki guvoh 
darhol bo‘linma (sex) rahbariga xabar berishi kerak, u esa: 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin