Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Kukunli yong‘in o‘chirgichlar



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Kukunli yong‘in o‘chirgichlar 
Bu turdagi yong‘in o‘chirgichlar hamma sinfda (A, V, S, Е)gi yong‘inlarni 
o‘chirishga mo‘ljallangan. 
Kukunli yong‘in o‘chirgichlarda yongin o‘chirish vositasi sifatida har xil 
turdagi PSB-3, P-1A, PS, SI-2 rusumdagi kukunlar qo‘llaniladi. 
Ushbu kukunlarning tarkibiga quyidagi asosiy moddalarning aralashmasi 
kiradi: 

natriy bikarbonat, 

aerosil,

nifilin kontsеntrati. 
Kukunlar quruq va shamollatiladigan joylarda atrof muhit xarorati -50
0
C dan 
+50
0
C gacha saqlanishi lozim. 
Kukun aralashmalari atrof muhitga zaxarli xususiyatiga ega emas, 
1000Vgacha elеktr kuchlanishini o‘tkazmaydi va yongin o‘chog‘ini butunlay 
qoplaydi. 
Kamchiligi:
xavodagi namlikni o‘ziga jalb qilib olish xususiyatiga ega, 
natijada kеsak shakliga aylanadi. 
O‘t o‘chirgichlardan yanada samaraliroq foydalanish uchun quyidagilarni 
bilish zarur:
1. yonayotgan joyga yaqin joyda ish holatiga o‘tqazish kerak. 
2. tez harakat qilish kerak, chunki o‘t o‘chirgich qisqa vaqt davomida ish 
holatida bo‘ladi (ko‘pikli - 60-80 soniya, karbonat-angidridli - 25-45 soniya, 
kukunli -10-15 soniya). 
3. qattiq modda va predmetlarni ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar yordamida 
o‘chirganda, yong‘in alangasi kuchli bo‘lgan joyga oqimni to‘g‘rilash va asta-
sekin alangani yuqoridan pastga tomon o‘chirish lozim. 
Yonayotgan 
suyuqlikni 
chetdan 
o‘rtasiga tomon, asta-sekinlikda 
yonayotgan maydonni ko‘pik bilan qoplash orqali o‘chiriladi. Yonayotgan 
moddalarni kukunli o‘t o‘chirgichlar yordamida o‘chirganda yonish maydoni 
yuzasini kukun bilan qoplash lozim. Kukunli, uzlukli harakatdagi o‘t 
o‘chirgichlar (OGT-2, OP-2B,OP-5, OP-8B) benzin, lak, buyoq va boshqa 
yonuvchi suyuqliklar shuningdek, 1000 voltgacha quvvat ostida bo‘lgan elektr 
uskunalarini o‘chirishga mo‘ljallangan. 
Havo ko‘pikli o‘t o‘chirgichlar (OVP-5, OVP-10) suyuq va qattiq modda,
materiallarni o‘chirishga mo‘ljallangan. Ular bilan ishqorli materiallar, ularning 
birikmalari, kuchlanish ostidagi elektr asboblarini o‘chirib bo‘lmaydi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin