Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Agar tok ta’sirida hushini yo‘qotgan, ammo nafas olishi va yurak tizimi
ishlayotan bo‘lsa, uni quruq va qulay joyga yotqizish, kamari va yoqasini
bo‘shatish va sof havo kelishini ta’minlash zarur. Nashatir spirti hidlatish,
yuziga suv purkash, tanasini va oyoqlarini uqalash yaxshi natija beradi. 
Agar jarohatlangan kishining nafas olishi qiyinlashsa, ammo yurak 
urishi nisbatan yaxshi bo‘lsa, unda bu kishiga sun’iy nafas oldirish zarur. 
Klinik o‘lim holati yuz bergan takdirda sun’iy nafas oldirish bilan bir 
qatorda yurakni ustki tomondan uqalash va ezgan holatda harakatga keltirish 
lozim. 


212 
Sun’iy nafas oldirish
jarohatlangan kishini tok ta’siridan qutqazib olish,
uning holatini aniqlash bilanoq boshlanishi kerak. Sun’iy nafas oldirish 
"Og‘izdan og‘izga" deb ataluvchi usul bilan, ya’ni yordam ko‘rsatuvchi kishi
o‘z o‘pkasini havoga to‘ldirib, jarohatlangan kishi og‘zi orqali uning o‘pkasiga 
havoni haydaydi. Odam o‘pkasidan chiqkan havo, ikkinchi odam o‘pkasi ishlashi 
uchun etarli miqdorda kislorodga ega bo‘lishi aniqlangan. Bu usulda 
jarohatlangan kishi chalqancha yotqiziladi, og‘zi ochib tozalanadi, havo o‘tish 
yo‘lini ochish uchun boshini bir qo‘li bilan peshona aralash ko‘tariladi, ikkinchi
qo‘l bilan dahanidan tortib, dahanini bo‘yni bilan taxminan bir chiziqqa
keltiriladi (-rasm). Shundan keyin ko‘krak qafasini to‘ldirib nafas olib, kuch 
bilan bu havoni jarohatlangan kishi og‘zi orqali puflanadi. Bunda yordam 
ko‘rsatayoggan kishi og‘zi bilan, jarohatlangan kishining og‘zi butunlay 
berkitiladi va yuzi yoki panjalari yordamida uning burnini berkitish kerak 
bo‘ladi(-rasm). Shundan keyin yordam ko‘rsatuvchi boshini ko‘tarib, yana
o‘pkasini havoga to‘ldiradi. Bu vaqtda jarohatlangan kishi kamkuch holda
nafas chiqaradi. 
Bir daqiqa vaqtda taxminan 10-12 marta puflashni doka, dastro‘mol va
kuvurchasimon asbab orqali ham bajarish mumkin. Agar jarohatlangan kishi
mustaqil nafas olishni tiklagan taqdirda ham, sun’iy nafas oldirishni bemor 
o‘ziga kelguncha davom ettiriladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin