Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Yong‘inni o‘chiradigan vositalar (



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə194/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

2. Yong‘inni o‘chiradigan vositalar (
Birlamchi va Statsionar). 
Yong‘in o‘chirish vositalari asosan uch guruhga bo‘linadi: 
1) yonishni tugatish usuli bo‘yicha – soutuvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi
ingibirlashtiruvchi; 
2) elеktr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha – elеktr tokini o‘tkazuvchi (suv, bug‘, 
ko‘pik), elеktr tokini o‘tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar); 
3) zaharliligi bo‘yich – zaharli (frеon, bromеtil), kam zaharli (karbonat angidrid, 
azot), zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikmalar). 
Yong‘inni o‘chiradigan birlamchi va statsionar vositalar mavjud. 
Birlamchi
 
o‘t o‘chirish vositalariga chelak, suvli bochka, belkurak, qumli 
yashik, yonmaydigan namat materiali va boshqalar misol bo‘ladi.
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari yong‘in boshlanganda alangani
 
keng 
tarqalib ketmasligini to‘xtatish va o‘chirish uchun qo‘llaniladi. 
Statsionar
o‘t o‘chirish vositalariga ko‘pik generatorlari, o‘t o‘chirish 
mashinalari, gidrantlar, suv bug‘lari, kimyoviy va mexanik ko‘piklar, inert va 


214 
yonmaydigan gazlar, qattiq yoki kukunsimon materiallar, maxsus kimyoviy 
moddalar va aralashmalar kiradi. 
Suv o‘t o‘chirish xususiyatiga ko‘ra eng kuchli, keng tarqalgan o‘t o‘chirish 
vositasi bo‘lib, u bilan har qanday katta va kichik hajmdagi yong‘inlarni o‘chirish 
mumkin. 
Yong‘in o‘chirgichlarning tavsifi. 
Birlamchi o‘t o‘chirish vositalari ichida eng faol bo‘lgan vosita bu yong‘in 
o‘chirgichlardir. Shuning uchun ham yong‘inlarni boshlang‘ich davrida uni 
bartaraf etishda yong‘in o‘chirgichlarning ahamiyati kattadir. 
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, yong‘in o‘chirgichlarni amalda qo‘llash, 
yong‘in xavfsizligi xizmatida bеbaho ahamiyatga egaligi tasdiqlangan. Sanoatning 
ko‘plab sohalarida yong‘in xavfining ortib borishi, vatanimizda va chеt davlatlarda 
yong‘in o‘chirgichlarning sifatini yaxshilash, sonini yanada ko‘paytirish, hamda 
yong‘in o‘chirgichlarga xizmat ko‘rsatuvchilarni, ulardan foydalanuvchilarni 
o‘rgatishni yanada yaxshilash, foydalanish tarmog‘larini kеngaytirish masalalarini 
hal etishni talab etmoqda. 
Yong‘in o‘chirgichlar yonginning boshlang‘ich davrida ya'ni, yong‘in 
o‘chirish qismlari shaxsiy tarkiblari yong‘in joyiga еtib kеlguncha qisqa vaqt 
ichida o‘chirish qobiliyatiga ega ekanligi tajribada aniqlangan.
Yong‘in o‘chirgichlar - yong‘in boshlanish vaqtida o‘chirish uchun qo‘lla-
niladi. Yong‘in o‘chiruvchi moddalarning tarkibiga qarab o‘t o‘chirgichlar
ko‘pikli, gazsimon, suyuq, kukunsimon guruhlarga bo‘linadi.
Hozirgi kunda korxonalarda har xil turdagi yong‘in o‘chirgichlar ishlab 
chiqarilmoqda, ular quyidagicha tasniflanadi: 
1- yong‘in o‘chirish vositasi bo‘yicha; 
2- qobiq (korpus)ning xajmi bo‘yicha; 
3- yong‘in o‘chirish vositalarini yong‘in o‘chirgichlardan uzatishi bo‘yicha; 
4- ishga tushirish bo‘yicha. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   190   191   192   193   194   195   196   197   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin