Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

miqdordagi ushlab 
qoluvchi tok deyiladi. 
Tok miqdori 25-50 mA ga etsa, unda tok ta’siri ko‘krak qafasiga ta’sir 
ko‘rsatadi, buning natijasida nafas olish qiyinlashadi. Tok ta’siri uzoq vaqt davom


211 
etsa, ya’ni bir necha minutga cho‘zilsa, unda nafas olishning to‘xtab qolishi
natijasida odam o‘lishi mumkin. Tok miqdori 100 mA va undan ortiq bo‘lsa,
bunday tok yurak muskullariga ta’sir ko‘rsatadi va yurakning ishlash tartibi
buziladi, natijada qon aylanish tizimi butunlay ishdan chiqadi va bu holat ham
o‘limga olib keladi. 
Inson organizmi orqali oqib o‘tgan tokning davomliligi ham alohida
ahamiyatga ega, chunki tok ta’siri uzoq davom etsa, unda inson organizmining tok
o‘tkazuvchanligi orta boradi va tokning zararli ta’siri organizmda yig‘ila borish 
natijasida asorat og‘irlasha boradi.
Tokning turi va chastotasi ham zararli ta’sir ko‘rsatishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. Eng zararli tok 20-100 Gts atrofidagi eletr toki hisoblanadi. Chastotasi
20 Gts dan kichik va 100 Gts dan katta toklarning ta’sir darajasi kamayadi. 
Katta chastotadagi elektr toklarida tok urish bo‘lmaydi, lekin kuydirishi mumkin. 
Agar tok o‘zgarmas bo‘lsa, unda tokning sezish chegarasidagi miqdori 
6-7 mA, ushlab qoluvchi chegara miqdori 50-70 mA, yarim sekund davomida 
yurak faoliyatini ishdan chiqarishi mumkin bo‘lgan miqdori 300 mA gacha 
ortadi. 
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish.
Elektr toki ta’siriga tushgan kishiga tibbiyot xodimi kelgunga qadar 
ko‘rsatiladigan yordamni ikki qismga bo‘lib qaraladi: 
1) tok ta’siridan qutqarish; 
2) birinchi yordam ko‘rsatish. 
Tok ta’siridan qutqarish o‘z navbatida bir necha xil bo‘lishi mumkin. 
Eng oson va qulay usuli bu elektr qurilmasining o‘sha qismiga kelayotgan tokni
o‘chirishdir. Agar buning iloji bo‘lmasa (masalan, o‘chirish qurilmasi uzoqda
bo‘lsa), unda tok kuchlanishi 1000 V dan ko‘p bo‘lmagan elektr qurilmalarida 
elektr simlarini yog‘ochli bo‘lgan boltalar bilan kesish yoki zararlangan
kishining kiyimi quruq bo‘lsa, uning kiyimidan tortib tok ta’siridan saqlab
qolish mumkin. Agar elektr tokining kuchlanishi 1000 V dan ortiq bo‘lsa, unda 
dizlektrik qo‘lqop va elektr himoyasi (izolyatsiyasi) mustahkam bo‘lgan elektr
asboblaridan foydalanish kerak. 
Elektr ta’siriga tushgan kishiga birinchi yordam ko‘rsatish uning holatiga 
qarab belgilanadi. Agar ta’sirlangan kishi xushini yo‘qotmagan bo‘lsa, uning
tinchligini ta’minlab, tibbiyot xodimi kelishini kutishi yoki tezda davolash 
muassasasiga olib borishi zarur. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin