1.1. Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hujjatlashtirish tartiblari Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil
zararlanishlarini tekshirish hamda hujjatlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1997-yil 6-iyunda 286-sonli qarori bilan qabul qilingan «Ishlab
chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini
tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida nizom asosida olib boriladi.
Nizomga muvofiq: – korxona hududida va uning tashqarisida mehnat vazifasini bajarayotganda
(shuningdek, xizmat safarlarida) yuz byergan jarohatlanish, zaharlanish, kuyish,
cho‘kish, elektr toki va yashin urishi, o‘ta issiq yoki o‘ta sovuq harorat ta`siri,
portlash, halokat, imoratlar, inshootlar va konstruksiyalar buzilishi natijasida hamda
sudralib yuruvchi hayvonlar va hashoratlar tomonidan shikastlanishlar, shuningdek,
tabiiy ofatlar (yer qimirlashlar, o‘pirilishlar, suv toshqini, to‘fon va boshqalar)
natijasida salomatlikning boshqa xil zararlanishlari;
– ish beruvchi topshiriq bermagan bo‘lsa ham, lekin korxona manfaatlarini
ko‘zlab, qandaydir ishni amalga oshirilayotgandagi;
– avtomobil, temiryo‘l, havo yo‘llari, dengiz va daryo transportida, elektr
transportida yo‘l harakati hodisasi natijasidagi;
– korxona transportida yoki shartnoma (buyurtma)ga muvofiq o‘zga tashkilot
transportida ishga ketayotgan yoki ishdan qaytayotgandagi;
– ish vaqtida shaxsiy transportida, uni xizmatga oid safarlarda ishlatish huquqi
berilganlik haqida ish beruvchi farmoyishi bor bo‘lgandagi;
– mehnat faoliyati xizmat ko‘rsatish obyektlari orasida yurish bilan bog‘liq ish
vaqtida jamoat transportida yoki piyoda ketayotgandagi;