Elektr jarohatlanishi - insonni tanasini ayrim joylarini shikastlanishi, elektr
kuyishi, elektr belgilari va terini metallanishini ko‘rinishlariga ega.
Klinik o‘lim -bu odamni tirik va o‘lim orasidagi holat, shu holatida yurakni faoliyati
va nafas olishi to‘xtaydi, insonda hech qanday hayot alomatlari sezilmaydi. Klinik
holati 6-8 minut davom etadi. Shu davrida hech qanday yordam bermagan taqdirda
miyani hujayralari parchalanib qaytarilmas biologik o‘limiga o‘tib ketadi.
Favqulodda vaziyat- Favqulodda holat (FH) – bu qisqa muddatda sodir bo‘ladigan,
insonlarga, tabiiy muhitga va moddiy boyliklarga katta darajadagi zarar yetkazadigan
voqealardir. Hayot faoliyat xavfsizligi nuqtai nazaridan favqulodda holatlarni keng
ma’noda, ya’ni xavfning amalda sodir bo‘lishi va insonlar sog‘ligi hamda hayotiga tahdid
solishi deb tushunish mumkin.
Avariyaga – texnik sistemada sodir bo‘lib insonlar halok bo‘lmagan, texnik vositalarni
tiklash mumkin yoki iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lmagan voqealarni misol qilib
keltirish mumkin.
Katastrofalar – texnik sistemalarda sodir bo‘lib, insonlarning halok bo‘lishiga yoki izsiz
yo‘qolishiga sabab bo‘ladigan hodisalardir.
Baxtsiz hodisalar – yerdagi yuz beradigan FV lar bilan bog‘liq bo‘lib biosferani,
texnosferalarni buzilishiga, insonlarni halok bo‘lishi yoki sog‘ligini yo‘qolishiga sabab
bo‘ladigan holatlardir.
Patentsial xavf - bu yashirin kuchdir. Bu kuch amalga oshishi uchun, qandaydir
sharoit yuzaga kelishi lozim. Patentsial xavfni reallikka olib keluvchi sharoit, baxtsiz
hodisalarning sabablari deb tushuniladi.
Tabiiy ofatlar - xavfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo‘lib, ular favqulodda yuz berib,
insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir bo‘lishiga, moddiy
boyliklarni yo‘qotilishiga olib keladi.
Xavfsizlik – bu ob’ektning shunday himoyaki, bunda unga ta’sir etuvchi barcha
moddalar oqimlari, energiyalari va informatsiyalari maksimal ruxsat etiladigan miqdordan
oshmaydi.