10
(kardanli, zanjirli, tishli, tasmali, friktsion uzatma)ning harakati xavfli omillar
qatoriga kiradi.
Ishlab chiqrishdagi zararli omil
– ishchilarga ish vaqtida ta’sir etib
kasallanishga yoki ish qobiliyatining pasayishiga olib keladigan omil.
Zararli omillarga neft’ mahsulotlari (benzin, dizel yoqilg‘isi bug‘lari,
pestitsidlar, mineral o‘g‘itlar, chang, shovqin, titrash, tebranish), ish joyida
namlikni ortishi yoki kuchli yoritilganligi, iqlim sharoitlari va boshqalar kiradi.
Elektr xavfsizligi
– kishilarni elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit
maydonining zararli va xavfli ta’siridan muhofaza qilishni ta’minlaydigan
tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.
Shikastlanish
– ishlab chiqarishdagi zararli yoki xavfli ta’sirlar natijasida
inson organlari yoki teri qoplamasi fiziologik butunligini buzilishi.
Dostları ilə paylaş: