Xavflar taksonomiyasi
– bu murakkab hodisalarni, tushunchalarni, kishi
faoliyatiga qaratilgan narsalarni tasniflash va tizimlash to‘g‘risidagi fandir. U
faoliyat xavfsizligi borasida bilimlarni uyushtirishda, xavflarning tartibini
yanada chuqurroq o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Taksonomiya yangi fan
bo‘lib, hali to‘la ishlab chiqilmagan. Biroq uning ayrim qismlari quyidagilarni
tashkil etadi:
- kelib chiqishi bo‘yicha xavflar: tabiiy, texnik, ekologik, aralash bo‘ladi;
- rasmiy standartga asosan fizik, ximiyaviy, biologik va ruhiy turlarga
bo‘linadi;
- salbiy oqibatlarning ro‘y berish vaqti bo‘yicha impul’siy (beixtiyor
harakat) va kumulyativ (tusatdan keluvchi) turlarda bo‘ladi;
- xavflar tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha (lokalizatsiya) – litosfera,
gidrosfera, atmosfera va koinot bilan bog‘liq bo‘ladi;
- kelib chiqadigan oqibatlariga ko‘ra charchash, kasallanish, jarohatlanish,
halokatlar, yong‘inlar ko‘rinishida bo‘ladi;
- keltiradigan zarari bo‘yicha ijtimoiy, texnik, ekologik va boshqa turlarga
bo‘linadi;
- namoyon bo‘lishi bo‘yicha maishiy, sport, yo‘l-transport, ishlab
chiqarish va harbiy bo‘ladi;
- olamga ta’siri bo‘yicha o‘ta ta’sirchan (zaharlar, kislotalar) va sust
(narkotik moddalar, arok, sigaret) bo‘ladi. Sust ta’sir deganda odamning o‘zi
sababchi bo‘ladigan xavf tushuniladi.
Xavflar ro‘yxati
– bu aniq bir tartiblar bo‘yicha qo‘yilgan nomlar,
atamalardir (o‘zgaruvchan harorat, havo harakatining tezligi, havo bosimi,
yorug‘lik, havoni ionlash, portlash, gerbitsid, shovqin, tebranish, yong‘in,
zaharli moddalar, lazer nuri, elektr yoyi va boshqalar). Har bir tekshiriladigan
ob’ektda o‘tkaziladigan aniq tekshirishlar uchun shu ob’ekt (tsex, ish joyi,
texnologik jarayon, kasb) da uchraydigan xavflar ro‘yxati tuziladi.
Xavflar kvantifikatsiyasi
Dostları ilə paylaş: |