Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Hayot faoliyati
– bu insonning kunlik faoliyati, dam olishi va yashash 
tarzidir. 
Inson hayoti jarayonida uni o‘rab turgan borliq muhiti bilan uzluksiz aloqada 
bo‘ladi va shu bilan birga har doim uni o‘rab turgan muhitga bog‘liq bo‘lib kelgan 
va shunday qolaveradi. Inson shuning uchun ham o‘zini o‘rab turgan atrof-muhit 
hisobiga oziq-ovqat, havo, suv, dam olish uchun zarur moddiy narsalar va 
boshqalarga bo‘lgan ehtiyojini qanoatlantiradi. 
Atrof-muhit
– insonni o‘rab turgan muhit bo‘lib, insonning hayot 
faoliyatiga, uning sog‘ligi va nasliga to‘g‘ridan to‘g‘ri, birdan urinma yoki 
masofadan ta’sir etishga qobiliyatli omillarning (jismoniy, kimiyoviy, biologik
informatsion, ijtimoiy) shartli yig‘indisidir. 
Inson va atrof-muhit uzluksiz o‘zaro ta’sirda bo‘lib, doimiy harakatdagi 
«Inson – atrof muhit» tizimini tashkil etadi. Dunyoning evolyutsion jarayonida bu 
sistemani tashkil etuvchilar uzluksiz o‘zgarib bordi. Inson mukammallashdi, er 
sharining aholisi va uning oqimi o‘sdi, jamiyatning ijtimoiy asosi o‘zgardi. Atrof-
muhit o‘zgardi: inson o‘zlashtirgan yer yuzi va yer osti hududi kattalashdi; tabiiy 
tabiat muhiti insoniyat jamiyatining o‘sib borayotgan ta’sirini boshdan 
kechirmoqda, inson tomonidan sun’iy yaratilgan maishiy, shahar va ishlab 
chiqarish muhiti paydo bo‘ldi. 
Tabiiy muhit o‘zi yetarli bo‘lib, inson ishtirokisiz mustaqil mavjud bo‘la 
oladi va rivojlana oladi. Inson tomonidan yaratilgan boshqa barcha borliq muhiti 
mustaqil rivojlana olmaydi va ular paydo bo‘lganidan so‘ng eskirishga va 
emirilishga mahkum. 
Insoniyat o‘zining dastlabki rivojlanish bosqichida tabiiy atrof-muhit bilan 
o‘zaro uyg‘un harakat qilgan. Atrof-muhit asosan biosfera, yer osti, gallaktika va 
cheksiz koinotdan tashkil topadi. 
Biosfera 
– barcha turdagi organizmlar, jumladan inson yashashi mumkin 
bo‘lgan atrof-muhit bo‘lib, u murakkab tuzilishdagi er sharining muhim qobig‘idir. 
Biosfera bir necha milliard yillar davomida shakllangan. Zamonaviy olimlar 
biosferani moddalarni planeta bo‘yicha harakatini ta’minlovchi yirik, global 
ekosistema sifatida qarashadi. Hozirgi erada hayot yer qatlamining yuqori 
(litosfera) qismida, erning pastki havo (atmosfera) qobig‘ida va yer sharining suvli 
qobig‘i (gidrosfera) da tarqalgan. Bu shu bilan izohlanadiki, litosferada er osti 
suvlari va tog‘ cho‘kmalarida chuqurlikni sekin-asta ortib borishi bilan harorat ham 
ortib 2 km dan 16 km chuqurlikda 100
o
C va yuqori (vulqonik faollik zonasida esa 



200 dan 1500
o
C gacha) ni tashkil etadi. Yerning yuzasida hayotning 
kontsentratsiyasi va faolligi eng yuqoridir. 
Inson evolyutsiyasi jarayonida o‘zining oziq-ovqat, moddiy boylik, iqlim va 
ob-havo ta’siridan himoyalanish, o‘ziga qulaylikni oshirish bo‘yicha ehtiyojlarini 
samaraliroq qanoatlantirishga intilib tabiiy muhitga birinchi o‘rinda biosferaga 
to‘xtovsiz o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Bu maqsadga yetish uchun u biosferani bir qismini 
texnosfera band etgan joyga aylantirdi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin