Texnologiyalari kafedrasi «hayot faoliyati xavfsizligi»


Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/232
tarix14.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#179966
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232
portal.guldu.uz-Xayot faoliyati xavfsizligi

Elektr tokidan talofat ko‘rgan insonga birinchi yordam 
1. Jabrlanuvchini elektr tokidan xolos etish. 
2. Jabrlanuvchining ahvolini aniqlab bilish. 
3. Sun’iy nafas berish va yurakni uqalash. 
Elektr toki ta’siridan ozod etish uchun elektr qurilma (jihozni)ni
oziqlanayotgan kuchlanishdan uzib olib qo‘yish (o‘chiruvchi moslama, tugmacha 
va rubilniklar yordamida), agar buning iloji bo‘lmasa, u holda probochnik
predoxranitellarni burab chiqib olish yoki simlarni tokdan saqlaydigan 
qo‘lqopchalar bilan o‘tkir jismlar yordamida qismlarga bo‘lib, chopib tashlash 
zarur. Agar sim jabrlanuvchining ustiga tushgan bo‘lsa, istalgan tok
o‘tkazmaydigan jism (yog‘och, xoda, doska) bilan ehtiyotkorona olib, bir
tomonga surib tashlash kerak. 
Agar jabrlanuvchi biron-bir tayanchda bo‘lsa, tok yuruvchi simga oldindan
erga tutashtirilgan sim tashlash mumkin. Bu sim himoyani ishga solib, 


101 
kuchlanishni o‘chirishga xizmat qiladi. Bu holatda jabrlanuvchining yiqilishiga
yo‘l qo‘ymaydigan tadbirni oldindan ko‘ra bilish zarur. 
13.11 – rasm. Elektr toki ta’siridan ozod etish usullari\ 
Aksariyat hollarda jabrlanuvchining tana a’zolariga yalang qo‘llar bilan 
tegmaygina kiyimidan tortib, xavfsiz joyga sudrab o‘tish mumkin.
Imkoniyat bo‘lsa, dielektrik qo‘lqoplar va kalishlar berishi kerak.
Jabrlanuvchining elektr tokidan ozod etib, tezda ahvolini aniqlash kerak. 
Agar u hushida bo‘lsa-yu, biroq uzoq vaqt tok ta’sirida bo‘lib turgan
bo‘lsa, u holda unga to‘la tinchlik, osoyishtalik zarur va 2-3 soat davomida 
kuzatuv ostida bo‘lishi lozim, zero, elektr toki chaqirgan buzilishlar sezilarsiz
xossalarsiz o‘tishi, biroq ayrim muddat o‘tgach, patologik oqibatlar klinik o‘lim 
kelishigacha borib etishi mumkin. 
Agar jabrlanuvchi hushsiz bo‘lsayu, nafas va yurak faoliyati saqlanib
qolsa (puls, tomir urish), u holda 
a) qulay va tekis qilib, chalqancha yotqizish
b) kiyimni tugmasini yechish; 
v) toza havo oqimini yaratish; 
g) so‘ng jabrlanuvchiga vaqti-vaqti bilan spirt, nashatir hidlatish; 
d) suv purkash va doimiy tarzda tanani artish va qizitish;
e) ko‘ngil behuzur bo‘lganda, ko‘ngil ayniganda jabrlanuvchining boshini
chapga yonboshga egish kerak. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   232




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin