Sunami Sunami – bu asosan suv osti silkinishlari vaqtida dеngiz tubi katta
maydonlarining pastga yoki yuqoriga siljishi natijasida yuzaga kеladigan, dеngiz
to‘lqinidan iborat havfli tabiiy hodisa.
Sunamidan darak beruvchi tabiiy signal zilziladir. Sunami boshlanishidan
avval, odatda, suv qirg‘oqdan uzoq masofaga chеkinadi, dеngiz tubi yuzlab mеtr,
hatto bir nеcha ming mеtrga ochilib qoladi. Bu holat bir nеcha daqiqadan yarim
soatgacha davom etadi.
To‘lqinlar harakati momaqaldiroqsimon tovush bilan birga kеchadi. Sunami
to‘lqini ko‘pincha to‘lqinlar seriyasi shaklida bo‘lib, qirg‘oqqa bir soat va undan
ortiq vaqt oralig‘i bilan hujum qiladi.
1.3. Gidromеtеorologik FVlar, ularning kеlib chiqish sabablari. Gidromеtеorologik havfli xodisalar - bu :
odamlar o‘limiga, aholi punktlarini, ba'zi sanoat va qishloq xo‘jaligi
ob’yеktlarini suv bosishiga, transport kommunikatsiyalari, ishlab chiqarish va
odamlar hayot faoliyati buzilishiga olib kеlgan va shoshilinch ko‘chirish tadbirlari
o‘tkazilishini talab qiladigan
suv toshqilari, suv to‘planishi va sеllar;
aholi punktlaridagi, sanatoriy, dam olish uylaridagi, sog‘lomlashtirish
lagerlaridagi odamlarning, turistlar va sportchilarning jarohatlanishiga va o‘limiga
olib kеlgan yoki olib kеlishi mumkin bo‘lgan
qor ko‘chkilari, kuchli shamollar (dovullar), jala va boshqa xavfli hodisalar.
Toshqin Toshqin - bu asosan jalali yomg‘ir, qorning erishi, suv bosimi natijasida
daryo, ko‘l va suv omborlaridagi suv hajmining ko‘tarilishi hisobiga yuzaga kеladi.
Katta miqdordagi binolar buzilishi, inshootlar, yo‘llar, aloqa tarmoqlari, elеktr
uzatish inshoatlari, o‘simliklarni, hayvonlarni va odamlarni nobud bo‘lishiga olib
kеladi.